Afgʻoniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi Toshkentga keldi
Afgʻoniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi Toshkentga keldi
25-26 iyul kunlari Toshkentda “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy tarraqiyot” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi. 24.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Afgʻoniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Qayd etilishicha, delegatsiya 25-26 iyul kunlari Oʻzbekiston poytaxtida boʻlib oʻtadigan "Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi.“Tolibon”* vakillarini Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kutib olgan.Tolibon* delegatsiyasi Toshkent konferentsiyasida ishtirok etadi – Norov25-26 iyul kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi. Unda Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afgʻon xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni taʼminlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqiladi.Qolaversa, xalqaro hamjamiyatning afgʻon yoʻnalishida yakdil samarali muloqotini yoʻlga qoʻyish, xususan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida umumiy pozitsiyani shakllantirishga koʻmaklashish, shuningdek, Afgʻonistonning amaldagi hokimiyati bilan konstruktiv muloqot yoʻllarini izlashga eʼtibor qaratiladi.Anjumanda qator davlatlarning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, yetakchi tahliliy markazlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida
25-26 iyul kunlari Toshkentda “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy tarraqiyot” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Afgʻoniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, delegatsiya 25-26 iyul kunlari Oʻzbekiston poytaxtida boʻlib oʻtadigan "Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi.
25-26 iyul kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi. Unda Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afgʻon xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni taʼminlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Qolaversa, xalqaro hamjamiyatning afgʻon yoʻnalishida yakdil samarali muloqotini yoʻlga qoʻyish, xususan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida umumiy pozitsiyani shakllantirishga koʻmaklashish, shuningdek, Afgʻonistonning amaldagi hokimiyati bilan konstruktiv muloqot yoʻllarini izlashga eʼtibor qaratiladi.
Anjumanda qator davlatlarning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, yetakchi tahliliy markazlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida