Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi Toshkentga keldi

Obuna bo‘lish
25-26 iyul kunlari Toshkentda “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy tarraqiyot” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, delegatsiya 25-26 iyul kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan "Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
© Foto: MID Uzbekistana
V Tashkent pribila delegatsiya vremennogo pravitelstva Afganistana vo glave s i.o. ministra inostrannix del Amir Xanom Muttaki - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Foto: MID Uzbekistana
V Tashkent pribila delegatsiya vremennogo pravitelstva Afganistana vo glave s i.o. ministra inostrannix del Amir Xanom Muttaki - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Foto: MID Uzbekistana
V Tashkent pribila delegatsiya vremennogo pravitelstva Afganistana vo glave s i.o. ministra inostrannix del Amir Xanom Muttaki - Sputnik O‘zbekiston
3/3
“Tolibon”* vakillarini O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kutib olgan.
Tolibon* delegatsiyasi Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi – Norov
25-26 iyul kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi. Unda Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afg‘on xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni ta’minlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Qolaversa, xalqaro hamjamiyatning afg‘on yo‘nalishida yakdil samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, xususan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida umumiy pozitsiyani shakllantirishga ko‘maklashish, shuningdek, Afg‘onistonning amaldagi hokimiyati bilan konstruktiv muloqot yo‘llarini izlashga e’tibor qaratiladi.
Anjumanda qator davlatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, yetakchi tahliliy markazlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0