Jamiyat

Haydovchilarni tayyorlash tizimi tubdan takomillashtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam boʻlmagan miqdorda tasdiqlanadi.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. 20 iyul kuni "Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan oʻtkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hukumat qarori tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, haydovchilarni tayyorlashda oʻquv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi.
Haydovchilarning malakasini oshirganlik boʻyicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.
Amaliy imtihonlarda “V” toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan koʻp boʻlmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq boʻlmagan transportlardan foydalaniladi.
Oʻquv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam boʻlmagan miqdorda tasdiqlanadi.
2023 yil 1 yanvargacha Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.
2022 yil 1 noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy maʼlumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Mavzuga oid:

Haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish bekor qilindi
"Prava"ni yangisiga masofadan almashtirish yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Avtomaktablar reytingini belgilash tizimi ishga tushadi
Tajribasi kam haydovchilar avtomobilni maxsus belgi bilan haydashadi
Yangiliklar lentasi
0