https://oz.sputniknews-uz.com/20220724/muzdek-mahsulotlar-chanqoqni-bosmaydi-aksincha-mutaxassis--26466199.html
“Muzdek mahsulotlar chanqoqni bosmaydi. Aksincha…” - mutaxassis
“Muzdek mahsulotlar chanqoqni bosmaydi. Aksincha…” - mutaxassis
Jaziramada muzdek suv yoki sharbat, albatta, jonning rohati. Sovutkichdan olib isteʼmol qilingan sersuv meva-sabzavotlar ham tanamizga xush yoqishi, tabiiy. Ayniqsa, bunday pallalarda muzqaymoqdan bosh tortish juda qiyin.
2022-07-24T05:15+0500
2022-07-24T05:15+0500
2022-07-24T05:15+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1215/91/12159149_0:149:3113:1900_1920x0_80_0_0_208ea0a70b725d258833aacf0ef9a73d.jpg
Mutaxassislar esa yoz chillasida shu kabi mahsulotlar isteʼmolidan tiyilib turishni maslahat berishadi. Bu oʻrinda gap faqat muzdek neʼmatlarni tanavvul qilib, tomoq yoki boshqa ichki aʼzolarni shamollatib qoʻyishimizdagina emas! Sogʻliqni saqlash vazirligi materiali. — Oqsilga boy mahsulotlarni hazm qilish uchun organizm oʻzidan juda koʻp issiqlik chiqarishi kerak, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor Alimov. — Bu jarayon tibbiyotda termogenez deb ataladi. Sodda qilib tushuntiraman. Jaziramada bitta muzqaymoq yedingiz. Vujudingiz qizib turibdi. Endi tanangiz oshqozonga tushgan oʻsha muzday mahsulotni hazm qilishi zarur. Buning uchun, avvalo, uni normal haroratgacha qizdirishi kerak. Bu jarayon esa organizmni zoʻriqtirishi barobarida, shundoq ham issiq tanada harorat oshishiga olib keladi. Oqibatda kuchli charchoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Bosh yoki yurak sohasida ogʻriqlar paydo boʻladi. Shu maʼnoda, yoz chillasida xona haroratida suv ichish va taom isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Baʼzi mahsulotlar buyraklar faoliyati buzilishiga sabab boʻlib, peshob ajratish jarayonini tezlashtiradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Tarvuz, mango, arpabodiyon, selderey, qushqoʻnmas shular jumlasidan. Achchiq qalampir tarkibida kapsaitsin moddasi mavjud. U tanani bir muddat qizdiradi. Ammo jazirama paytida achchiq ovqat ahvolni yanada yomonlashtirishi mumkin. Qolaversa, qalampir issiq paytda tanada kuchli terlashni hosil qiladi. Oqibatda organizm sezilarli miqdorda suv yoʻqotadi. Shunday ekan, anomal issiq haroratda parhez qilish eng toʻgʻri va oqilona chora.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1215/91/12159149_190:0:2921:2048_1920x0_80_0_0_d8c968259631337f6bafffd1678bf28d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
“Muzdek mahsulotlar chanqoqni bosmaydi. Aksincha…” - mutaxassis
Jaziramada muzdek suv yoki sharbat, albatta, jonning rohati. Sovutkichdan olib isteʼmol qilingan sersuv meva-sabzavotlar ham tanamizga xush yoqishi, tabiiy. Ayniqsa, bunday pallalarda muzqaymoqdan bosh tortish juda qiyin.
Mutaxassislar esa yoz chillasida shu kabi mahsulotlar isteʼmolidan tiyilib turishni maslahat berishadi. Bu oʻrinda gap faqat muzdek neʼmatlarni tanavvul qilib, tomoq yoki boshqa ichki aʼzolarni shamollatib qoʻyishimizdagina emas! Sogʻliqni saqlash vazirligi materiali.
— Oqsilga boy mahsulotlarni hazm qilish uchun organizm oʻzidan juda koʻp issiqlik chiqarishi kerak, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor Alimov. — Bu jarayon tibbiyotda termogenez deb ataladi.
Sodda qilib tushuntiraman. Jaziramada bitta muzqaymoq yedingiz. Vujudingiz qizib turibdi. Endi tanangiz oshqozonga tushgan oʻsha muzday mahsulotni hazm qilishi zarur. Buning uchun, avvalo, uni normal haroratgacha qizdirishi kerak.
Bu jarayon esa organizmni zoʻriqtirishi barobarida, shundoq ham issiq tanada harorat oshishiga olib keladi. Oqibatda kuchli charchoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Bosh yoki yurak sohasida ogʻriqlar paydo boʻladi.
Shu maʼnoda, yoz chillasida xona haroratida suv ichish va taom isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Baʼzi mahsulotlar buyraklar faoliyati buzilishiga sabab boʻlib, peshob ajratish jarayonini tezlashtiradi. Bu esa organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Tarvuz, mango, arpabodiyon, selderey, qushqoʻnmas shular jumlasidan.
Achchiq qalampir tarkibida kapsaitsin moddasi mavjud. U tanani bir muddat qizdiradi. Ammo jazirama paytida achchiq ovqat ahvolni yanada yomonlashtirishi mumkin. Qolaversa, qalampir issiq paytda tanada kuchli terlashni hosil qiladi. Oqibatda organizm sezilarli miqdorda suv yoʻqotadi.
Shunday ekan, anomal issiq haroratda parhez qilish eng toʻgʻri va oqilona chora.