Otabek Shukurovning turk klubiga o‘tishi kutilmoqda

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOtabek Shukurov
Otabek Shukurov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik futbolchi Andrea Pirlo qo‘l ostidagi turk klubiga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" yarim himoyachisi o‘zbekistonlik Otabek Shukurov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, "Sharja" o‘zbekistonlik futbolchiga Turkiyaning “Fatih Karagümrük” klubi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va muzokara o‘tkazishga ruxsat bergan. Shukurov tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, uch tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.

Istanbulning “Fatih Karagümrük” klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo hisoblanadi. Jamoa Turkiya chempionatining o‘tgan mavsumida 8-o‘rinni band etgan.
Shukurov 2017-yildan buyon sharjaliklar safida to‘p surib kelayotgandi. Unga qadar futbolchi “Mash’al”, “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0