Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ozod qilingan Volnovaxada osuda hayot qayta iziga tushmoqda – video

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Fotobankka oʻtishJenщina neset sobaku v Volnovaxe
Jenщina neset sobaku v Volnovaxe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya mintaqalari uy, maktab, bolalar bogʻchasi, kasalxona, madaniyat uylari va boshqa infratuzilmalarni qayta tiklashga yordam berishmoqda.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Rossiya mintaqalari DXRning Volnovaxa tumanidagi infratuzilmalarni qayta tiklashga yordam berishmoqda. Bu tuman Ukraina qurolli kuchlarining oʻqqa tutishidan jiddiy jabr koʻrgan.
Tuman maʼmuriyati rahbari Konstantin Zinchenkoning maʼlum qilishicha, bu yerga asta-sekin osuda hayot qaytmoqda. Infratuzilmalar, uy-joylar qayta tiklanmoqda, suv quvurlari taʼmirlanmoqda.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan. 3 iyul kuni Lugansk xalq respublikasi toʻliq ozod qilindi.
Yangiliklar lentasi
0