https://oz.sputniknews-uz.com/20220724/qozogiston-va-qirgiziston-prezidentlari-mirziyoevni-tugilgan-kuni-bilan-muborakbod-etishdi-26472959.html
Qozogʻiston va Qirgʻiziston prezidentlari Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etishdi
Qozogʻiston va Qirgʻiziston prezidentlari Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etishdi
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston va Qirgʻiziston yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi. 24.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-24T13:34+0500
2022-07-24T13:34+0500
2022-07-24T13:34+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
qasim-jomart toqayev
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/04/25885424_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_7b25e4e6ec47930b9ba781c030887a04.jpg
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Qozogʻiston va Qirgʻiziston yetakchilari Qasim Jomart-Toqayev va Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.Qoʻshni davlat yetakchilari suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, birodar Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilashdi.Mirziyoyev Toqayev bilan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini koʻrib chiqdi.Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻzbekiston rahbari Sadir Japarov bilan suhbatda boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlash masalalarini muhokama qildi.Ikki mamlakat hukumatlari savdo shartnomalari va sanoat kooperatsiyasi bitimlarining yangi toʻplamini, shuningdek, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston strategik sherikligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha boshqa ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlashi muhimligi qayd etildi.Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidentini joriy yil 20-21 iyul kunlari Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.Avvalroq Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon tabriklagani xabar qilingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/04/25885424_111:0:1178:800_1920x0_80_0_0_7f6df025086cd8777718a30a642b49fd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sadir japarov, qasim-jomart toqayev
Qozogʻiston va Qirgʻiziston prezidentlari Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etishdi
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston va Qirgʻiziston yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Qozogʻiston va Qirgʻiziston yetakchilari Qasim Jomart-Toqayev va Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qoʻshni davlat yetakchilari suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, birodar Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilashdi.
Mirziyoyev Toqayev bilan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini
koʻrib chiqdi.Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston rahbari Sadir Japarov bilan suhbatda boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlash masalalarini
muhokama qildi.Ikki mamlakat hukumatlari savdo shartnomalari va sanoat kooperatsiyasi bitimlarining yangi toʻplamini, shuningdek, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston strategik sherikligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha boshqa ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlashi muhimligi qayd etildi.
Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidentini joriy yil 20-21 iyul kunlari Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon tabriklagani
xabar qilingan edi.