Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Quyosh nuri allergik reaktsiyani keltirib chiqarishi mumkin

© AP Photo / AnonymousJara
Jara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida yuzaga keladigan kasallik fotodermatit deb ataladi.
Mutaxassislar jazirama kunlarda quyosh nuri allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarishi haqida ham ogohlantirmoqda.
Xususan, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining maʼlum qilishicha, terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida yuzaga keladigan kasallik fotodermatit deb ataladi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, bu xastalik dunyo aholisining taxminan 20 foizida uchraydi.
“Quyosh nurining oʻzi allergen hisoblanmaydi, — deydi markaz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova. — Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan oʻzaro taʼsirga kirishganda, allergik reaktsiya paydo boʻlishi mumkin”.
Oqibatda koʻkrakning yuqori qismi, boʻyin, qoʻl sohalarida pufakcha, qavariq, qizil dogʻ, kuyish koʻrinishidagi turli toshmalar yuzaga keladi. Baʼzan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar ham kuzatiladi.
Toshmalar jazirama taʼsir qila boshlagan ilk soatlardan to hafta davomigacha hosil boʻladi.
Koʻpincha fotodermatit belgilari muolajalardan soʻng yoʻqolib ketadi. Ammo bu holat insonni umr boʻyi taʼqib qilishi ehtimoli ham mavjud.
Xoʻsh, bunday vaziyatda nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozim?
Avvalo, soat 10:00 dan 15:00 gacha soya-salqin joylarda boʻlish tavsiya etiladi. Imkon qadar yopiqroq kiyinish kerak.
Sezuvchan teri uchun moʻljallangan quyosh nuriga qarshi kremlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Baʼzi dorilar fotodermatitni keltirib chiqarishi yoki xastalikni kuchaytirishi mumkin. Shu bois preparatning qoʻllash koʻrsatmalarini diqqat bilan oʻqish yoki shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Atopik dermatitni davolashda qoʻllaniladigan Elidel yoki Protopik surtmalaridan foydalanayotgan bemorlarga quyoshda yurish taqiqlanadi. Yoki bu vositalarni tushdan soʻng oqshomga qadar ishlatgan maʼqul.
Yangiliklar lentasi
0