Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni 65 yoshi bilan qutladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya yetakchisi suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshi bilan samimiy muborakbod etgan.
Preziyentlar o‘zaro hamkorlikning muhim masalalari yuzasidan fikr almashishgan. Shuningdek, ayrim xalqaro mavzular, jumladan, O‘zbekistonda kuzda rejalashtirilgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash ham suhbat mavzusi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlagani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid:

Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etishdi
Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0