Xorijdan O‘zbekiston tibbiyot OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar necha ball to‘plashi kerak

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUrok ximii
Urok ximii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2022
Obuna bo‘lish
SSV xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda necha ball talab etilishini ma’lum qildi
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish uchun 129 ball to‘plash talab etilishini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2022/2023-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar my.dtm.uz tizimi orqali qabul qilinadi.
Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballarini har yili 15-iyulga qadar belgilaydi. Ular Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Jumladan, tibbiyot yo‘nalishida bu yil xorijiy yoki nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun talaba 129 ball to‘plashi talab etiladi. O‘tish ballidan past natija to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalar safiga qo‘shiladi.
Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0