https://oz.sputniknews-uz.com/20220725/asadov-prezidentning-bu-haftadagi-ish-rejasi-haqida-malumot-berdi-26493556.html
Asadov prezidentning bu haftadagi ish rejasi haqida maʼlumot berdi
Asadov prezidentning bu haftadagi ish rejasi haqida maʼlumot berdi
Hafta davomida prezident huzurida bir nechta dolzarb masalalarga doir tadbir muhokamalari rejalashtirilgan. 25.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-25T12:11+0500
2022-07-25T12:11+0500
2022-07-25T12:11+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
sherzod asadov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/1d/18021595_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_7e5d0ab467a7eb6f484a11415a3f3368.jpg
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning bu haftadagi ish rejasini maʼlum qildi.Qayd etilishicha, matbuot kotibining anʼanaviy dushanba brifingi biroz tanaffusdan soʻng yana qayta tiklandi. Kelgusi haftadan esa yangi formatda davom etadi.Sherzod Asadov qayd etishicha, boshlangan haftada prezidentning ish taqvimi juda tigʻiz, davlat rahbari ishtirokida rejalashtirilgan tadbirlar koʻp.“Hafta davomida prezidentimiz huzurlarida bir nechta dolzarb masalalarga doir tadbir muhokamalar rejalashtirilgan”, - deydi Sherzod Asadov.Davlat rahbarining bu hafta ish rejasi quyidagicha:
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/1d/18021595_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_75c5f91112a6a93c27c66425214318f8.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sherzod asadov
Asadov prezidentning bu haftadagi ish rejasi haqida maʼlumot berdi
Hafta davomida prezident huzurida bir nechta dolzarb masalalarga doir tadbir muhokamalari rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning bu haftadagi ish rejasini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, matbuot kotibining anʼanaviy dushanba brifingi biroz tanaffusdan soʻng yana qayta tiklandi. Kelgusi haftadan esa yangi formatda davom etadi.
Sherzod Asadov qayd etishicha, boshlangan haftada prezidentning ish taqvimi juda tigʻiz, davlat rahbari ishtirokida rejalashtirilgan tadbirlar koʻp.
“Hafta davomida prezidentimiz huzurlarida bir nechta dolzarb masalalarga doir tadbir muhokamalar rejalashtirilgan”, - deydi Sherzod Asadov.
Davlat rahbarining bu hafta ish rejasi quyidagicha:
Tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
28-29 iyul kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda Shavkat Mirziyoyevning Tashkilot tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi koʻzda tutilgan.
25-26 iyul kunlari Toshkentda Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtadi va unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari ishtirok etadi. Ularga prezident murojaati yoʻllanadi.