https://oz.sputniknews-uz.com/20220725/el-pas-bryussel-italiya-rossiyaning-troya-otiga-aylanib-qolishidan-xavotirda-26504439.html
El País: Bryussel Italiya Rossiyaning “Troya oti”ga aylanib qolishidan xavotirda
El País: Bryussel Italiya Rossiyaning “Troya oti”ga aylanib qolishidan xavotirda
Taʼkidlanishicha, Dragi isteʼfosi bilan Bryussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qolishi mumkin. 25.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-25T19:41+0500
2022-07-25T19:41+0500
2022-07-25T19:41+0500
dunyoda
italiya
rossiya
yevropa
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/19/26504279_0:292:2048:1443_1920x0_80_0_0_dec90070050485e825189bd3871a3a8d.jpg
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Bryussel bosh vazir Mario Dragi isteʼfoga chiqqanidan keyin Italiya Rossiyaning Yevropadagi “Troya oti”ga aylanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqida sharhlovchi Bernardo de Migel Ispaniyaning “El País” gazetasi uchun maqolasida yozgan.Nashr mualliflarining tushuntirishicha, Bryussel Italiyaning pozitsiyasidan xavotirda, chunki Rim Rossiya uglevodorodlari yetkazib berilishiga sezilarli darajada bogʻliq.“Baʼzi italyan ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan argumentlar Yevropaning Kremlga qarshi sanktsiyalari faqat Yevropa Ittifoqi iqtisodiga zarar yetkazadi, lekin Rossiya harbiy qudratiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, degan nazariyani taʼminlaydi”, - deyiladi xabarda.De Migelning fikricha, Dragi isteʼfosi bilan Bryussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qoldi.Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan hafta Italiya bosh vaziri isteʼfoga chiqish qarorini tasdiqladi. Dragi Ukrainani “har qanday yoʻl bilan”, jumladan, qurol-yarogʻ yetkazib berish orqali ham qoʻllab-quvvatlashni yoqlagan.Sanktsiyalar tufayli Yevropa 4ta hukumatni yoʻqotdi - Orban
rossiya
yevropa
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/19/26504279_0:100:2048:1635_1920x0_80_0_0_bd9bc8757e74c86bc2ed3478be8c588f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
italiya, rossiya, yevropa
italiya, rossiya, yevropa
El País: Bryussel Italiya Rossiyaning “Troya oti”ga aylanib qolishidan xavotirda
Taʼkidlanishicha, Dragi isteʼfosi bilan Bryussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qolishi mumkin.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Bryussel bosh vazir Mario Dragi isteʼfoga chiqqanidan keyin Italiya Rossiyaning Yevropadagi “Troya oti”ga aylanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqida sharhlovchi Bernardo de Migel Ispaniyaning “El País” gazetasi uchun
maqolasida yozgan.
“Yevropa Ittifoqi poytaxtidagi qoʻrquv shundan iboratki, Italiya eng yaxshi holatda Moskvaga qarshi umumiy strategiyaning zaif boʻgʻiniga, eng yomon holatda esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin xizmatidagi Troya otiga aylanadi”, - deb yozadi de Migel.
Nashr mualliflarining tushuntirishicha, Bryussel Italiyaning pozitsiyasidan xavotirda, chunki Rim Rossiya uglevodorodlari yetkazib berilishiga sezilarli darajada bogʻliq.
“Baʼzi italyan ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan argumentlar Yevropaning Kremlga qarshi sanktsiyalari faqat Yevropa Ittifoqi iqtisodiga zarar yetkazadi, lekin Rossiya harbiy qudratiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, degan nazariyani taʼminlaydi”, - deyiladi xabarda.
De Migelning fikricha, Dragi isteʼfosi bilan Bryussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qoldi.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan hafta Italiya bosh vaziri isteʼfoga chiqish qarorini
tasdiqladi. Dragi Ukrainani “har qanday yoʻl bilan”, jumladan, qurol-yarogʻ yetkazib berish orqali ham qoʻllab-quvvatlashni yoqlagan.