Eron rahbari maslahatchisi Rossiya va AQSh siyosatini solishtirdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tegeran
Goroda mira. Tegeran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna bo‘lish
Eron Oliy rahbari maslahatchisiga ko‘ra, Rossiya dunyoda G‘arb va AQShdan ko‘ra donoroq siyosat olib bormoqda.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiya dunyoda G‘arb va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan ko‘ra donoroq siyosat olib bormoqda, dedi Eronning diniy yetakchisi va Oliy rahbari maslahatchisi Ali Akbar Velayatiy “Kayhan Ali” gazetasiga bergan intervyusida. Uning so‘zlarini RIA Novosti chop etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Pekin o‘zini Tehronning ittifoqchisi sifatida tutib, G‘arb davlatlari bilan to‘qnash kelishda bir necha bor Eron tarafini olgan.

“Haqiqatan ham, na Rossiya, na Xitoy biz bilan do‘stlik hamda birodarlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan, ular ham boshqalar singari o‘z manfaatlaridan kelib chiqib ish tutadi, biroq ularning siyosati G‘arb olib borayotgan siyosatdan ko‘ra donoroq ekanini ko‘rapsizmi?”, - dedi u.

Velayatiyning so‘zlariga ko‘ra, Sharq “o‘z oyog‘ida mahkam turadi”. Bunga Rossiya, Hindiston va Xitoy misol bo‘lishi mumkin.
“Hozir Osiyoda mustaqil, G‘arb va AQSh e’tirof etayotgan kengayish mafkurasiga hamda bir qutbli dunyoga qarshi bo‘lgan uchta muhim kuch markazi – Eron, Rossiya va Xitoy paydo bo‘lmoqda”, - dedi Eron Oliy rahbarining maslahatchisi.

Shuningdek, Velayatiy Moskva bilan aloqalarni rivojlantirish muhimligini alohida qayd etdi.

Avvalroq Vladimir Putin Eron va Turkiya prezidentlari bilan birgalikda Tehronda Suriya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammitda ishtirok etgan edi. Bundan tashqari, davlat rahbari eronlik hamda turkiyalik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Shuningdek, Eron diniy yetakchisi va Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy bilan ham uchrashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0