Jamiyat

Jazirama qachon ortga chekinishi maʼlum boʻldi

© AFP 2022 / Pierre-Philippe MarcouMalchik igrayet v fontane v Krasnodare
Malchik igrayet v fontane v Krasnodare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi Oʻzbekiston hududidan chekinadi va respublika boʻyicha harorat pasaya boshlaydi.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston hududlarining katta qismida haftaning birinchi yarimida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubda +45 darajagacha boʻladi, deya xabar berdi Oʻzgidromet.
Qayd etilishicha, faqat Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatining baʼzi joylarida 25-26 iyul kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Havo harorati +32...+37 darajagacha pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi Oʻzbekiston hududidan chekinadi va respublika boʻyicha harorat pasaya boshlaydi.
Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi hamda koʻpchilik viloyatlarda havo harorati +33...+36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda +39...+41 darajaga yetadi.
25-27 iyul kunlari shimol, janub va choʻl hududlarda, 28-29 iyulda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17...22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari bilan kuzatilishi mumkin.
25-28 iyul kunlari Qirgʻiziston hududidan Fargʻona viloyatining togʻoldi va togʻli hududlari boʻyicha: Soʻx, Fargʻona tumanlarida va Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0