Jamiyat

JIDU “Smart Universitet”ga aylantiriladi

© Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2022/2023 oʻquv yilidan universitetning iqtidorli talabalari Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida amaliyot oʻtaydilar.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Smart Universitet”ga aylantiriladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan PQ-330-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan yangi avlod oliy taʼlim muassasasi – “Smart Universitet” kontseptsiyasi asosida universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.
Universitetda akademik faoliyat ilmiy-tahliliy yoʻnaltirilganlik va akademik yaxlitlik taʼlim texnologiyalari hamda ularni taʼminlovchi dasturiy-apparat kompleksi asosida, shu jumladan antiplagiat tizimini joriy etgan holda tashkil etiladi.
Professor-oʻqituvchilar uchun imkoniyatlar
Har yili universitetning kamida 10 nafar professor-oʻqituvchisi, doktorant va magistrantlar xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalariga ilmiy stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Universitetga professor-oʻqituvchilariga ilmiy unvonlarni berish hamda ularni ishga qabul qilishda akademik mustaqillik negizida berilgan ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarni tan olish vakolati beriladi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
2022/2023 oʻquv yilidan universitetning iqtidorli talabalari ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi.
Yangi oʻquv yilining ikkinchi semestrida 4 ta universitet bilan talabalar almashinuvi tashkil etiladi. Unda ichki akademik mobillik dasturlari asosida taʼlim olish istagini bildirgan talabalar uchun bir semestr mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tashkil etiladi.
Universitetlar:
Samarqand davlat universiteti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
Toshkent davlat yuridik universiteti.
2025 yil 1 yanvargacha Universitet jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritish choralari koʻriladi.
Qolaversa, universitet huzurida “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0