https://sputniknews-uz.com/20220725/otlarni-yaxshi-korishingizni-bilaman-qodirov-mirziyoevni-oziga-xos-tabrikladi--26488609.html
Otlarni yaxshi koʻrishingizni bilaman - Qodirov Mirziyoyevni oʻziga xos tabrikladi
Otlarni yaxshi koʻrishingizni bilaman - Qodirov Mirziyoyevni oʻziga xos tabrikladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshni qarshi olgani bilan tabriklab, unga oʻrgatilgan va ikkita chopqir ot sovgʻa qildi.
2022-07-25T10:37+0500
2022-07-25T10:37+0500
2022-07-25T10:46+0500
siyosat
ramzan qodirov
shavkat mirziyoyev
samimiy tabrik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/19/26489224_0:146:3127:1904_1920x0_80_0_0_fe22937288d0a602d38dcb7de3c353cc.jpg
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshni qarshi olgani bilan tabriklab, unga oʻrgatilgan va ikkita chopqir ot sovgʻa qildi.Qodirov oʻz tabrigida Shavkat Mirziyoyevni kamtarin va mehmondoʻst inson, shu bilan birga, dono va uzoqni koʻra oladigan siyosatchi deya taʼrifladi. Oʻzbekiston yetakchisining oʻz vataniga chin dildan mehr qoʻygani, rahbarlik qilgan yillari davomida el-yurt hurmatiga sazovor boʻlganini ham qayd etdi.Checheniston rahbari Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida boʻlib oʻtgan mazmunli uchrashuv haqida ham soʻz yuritdi. Mirziyoyevning yuritayotgan siyosati toʻgʻriligi, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga mustahkamlanib boryotgani taʼkidladi. Prezidentning sharofati bilan Oʻzbekiston tez orada islom turizmi markaziga aylanishini, chunki bu zaminda islom dinining boy tarixi saqlanib qolganini qoʻshimcha qildi.U oʻz tabrigida Oʻzbekistonni, oʻzbek xalqini juda yaxshi koʻrishini taʼkidlab, otasi shu yerda tahsil olganini eslab oʻtdi. Ushbu zaminni “qadrli joy” deb bilishini ham qoʻshimcha qildi.Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga qoʻngʻiroq qilib, uni 65 yoshi bilan qutladi
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/19/26489224_197:0:2928:2048_1920x0_80_0_0_c32b7ab7b0393d5a021818f1379819e6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qodirov mirziyoyev tabrik ot
qodirov mirziyoyev tabrik ot
Otlarni yaxshi koʻrishingizni bilaman - Qodirov Mirziyoyevni oʻziga xos tabrikladi
10:37 25.07.2022 (yangilandi: 10:46 25.07.2022) Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ikkita ot sovgʻa qildi.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshni qarshi olgani bilan tabriklab, unga oʻrgatilgan va ikkita chopqir ot
sovgʻa qildi. “Assalomu alaykum, bizning qadrli, katta ogʻamiz. Shavkat Miromonovich, 65 yoshga toʻlganingiz bilan chin koʻngildan tabriklayman. Men otlarni yaxshi koʻraman, siz ham ularni yaxshi koʻrishingizni bilaman. Shu sabab butun Checheniston xalqi va oʻzim nomimdan mana shunday chopqirlarni sizga sovgʻa qilishga qaror qildim”, - deydi Checheniston rahbari.
Qodirov oʻz tabrigida Shavkat Mirziyoyevni kamtarin va mehmondoʻst inson, shu bilan birga, dono va uzoqni koʻra oladigan siyosatchi deya taʼrifladi. Oʻzbekiston yetakchisining oʻz vataniga chin dildan mehr qoʻygani, rahbarlik qilgan yillari davomida el-yurt hurmatiga sazovor boʻlganini ham qayd etdi.
Checheniston rahbari Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida boʻlib oʻtgan mazmunli uchrashuv haqida ham soʻz yuritdi. Mirziyoyevning yuritayotgan siyosati toʻgʻriligi, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga mustahkamlanib boryotgani taʼkidladi. Prezidentning sharofati bilan Oʻzbekiston tez orada islom turizmi markaziga aylanishini, chunki bu zaminda islom dinining boy tarixi saqlanib qolganini qoʻshimcha qildi.
“Oʻzbekistonga tashrifim davomida boʻlib oʻtgan mazmunli uchrashuvimizni iliq eslayman. Bu yerlar gullab-yashnab, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga mustahkamlanib borayotgani uchun uning siyosati toʻgʻriligiga shaxsan men amaliy safarim davomida amin boʻldim. Oʻzbekistonning yuksalib borayotganini, iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini jadal surʼatlarda rivojlantirayotganini koʻrish juda quvonarli. Bundan tashqari, Shavkat Miromonovich Rossiya bilan yaqin doʻstona munosabatlarni faol oʻrnatib, rivojlantirmoqda. Aminmanki, yillar davomida doʻstligimiz mustahkamlanib boradi va yanada kuchayadi”, - dedi Ramzan Qodirov.
U oʻz tabrigida Oʻzbekistonni, oʻzbek xalqini juda yaxshi koʻrishini taʼkidlab, otasi shu yerda tahsil olganini eslab oʻtdi. Ushbu zaminni “qadrli joy” deb bilishini ham qoʻshimcha qildi.