Siyosat

Oʻzbekistonda SHHT va FAO qoʻshma forumini oʻtkazish taklif qilindi

© Qishloq xoʻjaligi vazirligiOʻzbekistonda SHHT va FAO qoʻshma forumini oʻtkazish taklif qilindi
Oʻzbekistonda SHHT va FAO qoʻshma forumini oʻtkazish taklif qilindi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, noyabr oyidayoq poytaxtda ikki tashkilotning qoʻshma forumini oʻtkazish mumkin.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev noyabr oyida Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ga aʼzo davlatlar qoʻshma forumini oʻtkazishni taklif qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Oʻzbekiston hukumati SHHT va FAOning tuproqni muhofaza qilish va resurs tejovchi texnologiyalar boʻyicha qoʻshma forumi ushbu sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
“Sohada aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida, biz noyabr oyida Toshkentda SHHT+FAO formatida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalar boʻyicha qoʻshma forum oʻtkazish tarafdorimiz”, - deydi Xodjayev.
Oʻzbekiston SHHT va FAO oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni ijobiy baholaydi. Ikki tashkilot hamkorligi qishloq xoʻjaligi barqarorligi va samaradorligini oshirish, qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari oʻz soʻzida Oʻzbekiston SHHT davlatlarining ilmiy-tadqiqot loyihalariga sarmoya kiritish va zarur infratuzilmani yaratish uchun texnologik salohiyatidan foydalanish boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirishga ochiq ekanini qayd etib oʻtdi.
“Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasining 2030 yilga moʻljallangan kun tartibidagi asosiy roli va hissasini hisobga olgan holda, qoʻshma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish ham barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtiradi”, - deydi bosh vazir oʻrinbosari.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2021-2022 yillarda SHHTga raislik qilmoqda. Ayni paytda 2001 yilda tashkil etilgan tashkilot tarkibiga Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi.
Eron SHHTga toʻlaqonli aʼzolikka tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan edi. Afgʻoniston va Moʻgʻuliston kuzatuvchilar qatorida.
Yangiliklar lentasi
0