Qozogʻiston prezidenti Umra ziyoratini ado etdi - foto
© Press-slujba Prezidenta Respubliki KazaxstanQasim Jomart-Toqayev

© Press-slujba Prezidenta Respubliki Kazaxstan
24 iyul kuni Qasim Jomart-Toqayev Makka shahrida umra (kichik haj) ziyoratini ado etdi.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev 24 iyul kuni Islom dinining bosh ziyoratgohi – Makka shahrida umra (kichik haj) ziyoratini ado etdi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki KazaxstanQasim Jomart-Toqayev

Qasim Jomart-Toqayev
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Kazaxstan
“Prezident alohida sharaf bilan taqdirlandi — u eshiklari hurmatli mehmonlar uchun alohida holatlarda ochiladigan Kaʼbaga kirdi. Bu Saudiya Arabistoni rahbariyatining Qozogʻiston rahbariga chuqur hurmat bilan munosabatda boʻlganidan dalolatdir”, - deyiladi xabarda.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki KazaxstanQasim Jomart-Toqayev

Qasim Jomart-Toqayev
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Kazaxstan
Qayd etilishicha, 23 iyul, shanba kuni Qozogʻiston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev podshoh Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saudning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga borgan. Kasr As-Salam saroyida Saudiya Arabistoni podshohining Qasim Jomart-Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtgan.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki KazaxstanQasim Jomart-Toqayev

Qasim Jomart-Toqayev
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Kazaxstan
Shundan soʻng, prezident Toqayev Saudiya Arabistoni bilan muhim kelishuvlar imzolanganini maʼlum qildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar 13 ta muhim hujjatni imzolagan.
Bundan tashqari, Toqayev Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saudni “Altыn Qыran” ordeni bilan taqdirlagan.