Jamiyat

Soʻnggi olti yilda necha kishiga Oʻzbekiston fuqaroligi berilgani ochiqlandi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishTsentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Tsentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2022 yilda 295 nafar shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. 2016 yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar jami 23 ming 310 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Mamlakat prezidenti tegishli 97 ta farmonni imzolagan.
OʻzA maʼlumotlariga koʻra,
2016 yilda – 179 nafar;
2017 yilda – 1 064 nafar;
2018 yilda – 2 760 nafar;
2019 yilda – 6 318 nafar;
2020 yilda – 8 127 nafar;
2021 yilda – 4 567 nafar;
2022 yilda – 295 nafar shaxsga Oʻzbekiston fuqaroligi berilgan.
Eslatib oʻtamiz, 1992 yildan 2016 yilga qadar mamlakatda jami 482 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Yaʼni, 1991 yildan 2007 yilga qadar respublikada jami 482 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga fuqarolik berilgan boʻlsa, 2007 yildan 2016 yilning dekabr oyiga qadar fuqarolik hech kimga berilmagan.
Qayd etish joizki, prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 1995 yilga qadar Oʻzbekistonga kelgan va shundan buyon mamlakatda muqim yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladigan boʻldi. Natijada 50 mingga yaqin shaxslarning fuqarolik bilan bogʻliq, uzoq yillardan buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etildi. Bundan tashqari, vatandoshlarga fuqarolik berish tartibi soddalashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0