https://sputniknews-uz.com/20220725/xitoy-26510048.html
Xitoy aholisi tez orada kamayishni boshlashi mumkin
Xitoy aholisi tez orada kamayishni boshlashi mumkin
2021 yilda Xitoyning bazi provintsiyalarida yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni bir necha oʻn yilliklardagi eng past koʻrsatkichdir. 25.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-25T19:00+0500
2022-07-25T19:00+0500
2022-07-25T19:00+0500
dunyoda
xitoy
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/19/26509644_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_11ab311ea4093556cd28b99595ee8837.jpg
TOSHKENT, 25 iyul- Sputnik. Xitoy yaqin bir necha yil ichida demografik muammolarning yomonlashuvi sharoitida aholi sonining salbiy tomonga oʻzgarishi davriga kirishi mumkin, tugʻilish darajasi keyingi asrda ham pasayishda davom etadi. Bu haqida “Global Times” demograflarga tayangan holda xabar bermoqda.“Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilda Xitoyning bazi provintsiyalarida yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni bir necha oʻn yilliklardagi eng past koʻrsatkichdir”, - deya taʼkidlaydi gazeta.Shunday qilib, mamlakat markazida joylashgan Xunan provintsiyasida 60 yil ichida birinchi marta 500 mingdan kam, Xenan provintsiyasida 1978 yildan buyon birinchi marta 800 mingdan kambola tugʻilgan, sharqiy Tszyansi provintsiyasida 1950-yillardan beri birinchi marta yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni 400 mingdan pastga tushgan.Faqatgina Guandun provintsiyasida bir milliondan ortiq bola tugʻilgan.“Aholining oʻsish surʼati sezilarli darajada sekinlashdi, joriy besh yillik davrda (2021-2025) oʻsish salbiy tomonga oʻzgarishi mumkin”, - dedi Xitoy Sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining demografiya va oila masalalari boʻlimi boshligʻi Yan Venchjuan.Baʼzi demograflarning fikriga koʻra, kelgusi yillarda aholining salbiy oʻsishi uzoq vaqt davomida dominant tendentsiya boʻlib qoladi.“Tugʻilish darajasi bir asrdan koʻproq vaqt davomida pasayishda davom etishini bashorat qilish mumkin. Xitoyning yirik shaharlarida tugʻilish darajasi pasayishda davom etadi. Uchinchi farzandning tugʻilishiga ruxsat berish baʼzi muammolarni yengillashtirishi mumkin, ammo kelgusi yillarda bu tendentsiya bekor qilinishi dargumon”, - dedi Xitoy va globallashuv markazining katta ilmiy xodimi va demograf Xuan Venchjen.Uning soʻzlariga koʻra, tugʻilish pasayishining asosiy sabablari butun mamlakat boʻylab tugʻilish koʻrsatkichlarining kamayishi, shuningdek, mamlakatda farzand koʻrish istagida boʻlgan erkaklar va ayollarning kamligidir.Yer shari aholisi noyabrda 8 milliard kishiga yetadi – BMT1970-yillarning oxirida joriy etilgan “bir oila – bir bola” siyosati natijasida zamonaviy Xitoy jiddiy demografik muammolarga, jumladan, gender nomutanosibligi va aholining qarishiga duch kelmoqda. 2013 yilda rasmiylar yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun cheklovlarni yumshatdi. Biroq bu chora-tadbirlar tugʻilishning koʻpayishiga olib kelmadi, aksincha, yildan-yilga tugʻilish kamaydi.
xitoy
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/19/26509644_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_ba79f15fcd781a33893887d3960e0e38.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
xitoy
Xitoy aholisi tez orada kamayishni boshlashi mumkin
2021 yilda Xitoyning bazi provintsiyalarida yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni bir necha oʻn yilliklardagi eng past koʻrsatkichdir.
TOSHKENT, 25 iyul- Sputnik. Xitoy yaqin bir necha yil ichida demografik muammolarning yomonlashuvi sharoitida aholi sonining salbiy tomonga oʻzgarishi davriga kirishi mumkin, tugʻilish darajasi keyingi asrda ham pasayishda davom etadi. Bu haqida “Global Times” demograflarga tayangan holda
xabar bermoqda. “Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilda Xitoyning bazi provintsiyalarida yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni bir necha oʻn yilliklardagi eng past koʻrsatkichdir”, - deya taʼkidlaydi gazeta.
Shunday qilib, mamlakat markazida joylashgan Xunan provintsiyasida 60 yil ichida birinchi marta 500 mingdan kam, Xenan provintsiyasida 1978 yildan buyon birinchi marta 800 mingdan kambola tugʻilgan, sharqiy Tszyansi provintsiyasida 1950-yillardan beri birinchi marta yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni 400 mingdan pastga tushgan.
Faqatgina Guandun provintsiyasida bir milliondan ortiq bola tugʻilgan.
“Aholining oʻsish surʼati sezilarli darajada sekinlashdi, joriy besh yillik davrda (2021-2025) oʻsish salbiy tomonga oʻzgarishi mumkin”, - dedi Xitoy Sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining demografiya va oila masalalari boʻlimi boshligʻi Yan Venchjuan.
Baʼzi demograflarning fikriga koʻra, kelgusi yillarda aholining salbiy oʻsishi uzoq vaqt davomida dominant tendentsiya boʻlib qoladi.
“Tugʻilish darajasi bir asrdan koʻproq vaqt davomida pasayishda davom etishini bashorat qilish mumkin. Xitoyning yirik shaharlarida tugʻilish darajasi pasayishda davom etadi. Uchinchi farzandning tugʻilishiga ruxsat berish baʼzi muammolarni yengillashtirishi mumkin, ammo kelgusi yillarda bu tendentsiya bekor qilinishi dargumon”, - dedi Xitoy va globallashuv markazining katta ilmiy xodimi va demograf Xuan Venchjen.
Uning soʻzlariga koʻra, tugʻilish pasayishining asosiy sabablari butun mamlakat boʻylab tugʻilish koʻrsatkichlarining kamayishi, shuningdek, mamlakatda farzand koʻrish istagida boʻlgan erkaklar va ayollarning kamligidir.
1970-yillarning oxirida joriy etilgan “bir oila – bir bola” siyosati natijasida zamonaviy Xitoy jiddiy demografik muammolarga, jumladan, gender nomutanosibligi va aholining qarishiga duch kelmoqda. 2013 yilda rasmiylar yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun cheklovlarni yumshatdi. Biroq bu chora-tadbirlar tugʻilishning koʻpayishiga olib kelmadi, aksincha, yildan-yilga tugʻilish kamaydi.