Madaniyat

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida qanday tadbirlar rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPress-konferentsiya nakanune otkrыtiya Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya
Press-konferentsiya nakanune otkrыtiya Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kinofestival doirasida Rossiya va Frantsiyada “Oʻzbek kino kunlari” boʻlib oʻtadi.
“Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali 12-18 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Mazkur kinofestivalning yopilish marosimi Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti doirasida oʻtkaziladi. Unda “Shanxay kino kunlari” tashkil etilib, aʼzo mamlakatlarning milliy filmlari namoyish qilinadi.
Hozirda kinofestivalni yuqori saviyada oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston kinosanoati vakillari uyushmasi rahbari, Kinematografiya agentligi Xalqaro boʻlim boshligʻi Javlon Kamalov Sputnik muxbiriga maʼlumotlarni taqdim etdi.
“Hozirda xalqaro SHHTga aʼzo davlatlarning onlayn muloqotlar oʻtkazilib, kinofestivalda ushbu davlatlarning milliy filmlarining namoyishlari tashkil etilishi kelishib olindi. 1-2 avgust kunlari Turkiya Radio televideniyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik qilinishi boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzolanadi hamda “Korkut Ata Film Festival”ga tayyorgarlik koʻrish doirasida muzokaralar oʻtkaziladi”, - deydi Kamalov.
19-24 avgust kunlari Rossiyada “Oʻzbek kino kunlari” boʻlib oʻtadi. Unda Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va Rossiya va MDH davlatlarining qoʻshma kinofilmlar ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro konferentsiya tashkil etiladi.
Sankt-Peterburg shahrida Rossiya va MDH davlatlarining qoʻshma kinofilmlar ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro konferentsiyasi tashkil etiladi. Ushbu konferentsiya “Lendok” kinostudiyasining 90 yillik yubileyi munosabati bilan oʻtkazilmoqda. Mazkur Sankt-Peterburg hujjatli filmlar studiyasi 1932 yilda ochilgan boʻlib, birinchi filmi Birinchi jahon urushida Leningrad qamaliga bagʻishlangan “Kurashdagi Leningrad” (“Leningrad v borbe”, 1942) deb nomlangan.
Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev va madaniyat sohasi vakillari Davron Bilolov, Mansur Ibragimov, Temur Sademinovlar bilan videomuloqot oʻtkazgan. Unda oʻzbek va xitoy kinematografiya vakillari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, XIII asrda Xitoyning Yunnan viloyatida hokim vazifasida faoliyat yuritgan, asli kelib chiqishi buxorolik boʻlgan Said Ajjol Shamsuddin Umar haqida 3 qismli hujjatli film yaratish loyihasi muhokama qilingan.
Film loyihasining taqdimoti 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kinematografiya agentligi hamda Isroilning “Davidov Brothers Company” bilan hamkorlikda “Ikkinchi tugʻilish” (“Vtoroye rojdeniye”) nomli ko-produktsiya” loyihasini ishlab chiqarish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtadi. Unda kompaniya prodyuseri Xay David hamda taniqli aktyor Ronen David ishtirok etishadi.
Shuningdek, Frantsiyaning mintaqaviy attashesi Emmanuel Fossiyon, elchixona maslahatchisi Lore Ariyol bilan Kinematografiya agentligi xalqaro boʻlim boshligʻi Javlon Kamalov hamda mutaxassis Sirojiddin Tohirov bilan oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtgan.
“Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Frantsiyada “Oʻzbek kino kunlari” oʻtkaziladi. Shuningdek, hamkorlikda yangi filmlar suratga olish, yosh ijodkorlar oʻrtasida pitching-taqdimotlar va taniqli frantsuz kinomutaxassislari ishtirokida mahorat darslari oʻtkazish kabi masalalar kelishib olindi”, - dedi Kamalov.
Jumladan, Frantsiya milliy kinomarkazi mutaxassislari Jyulyen Ezanno va Katrin Desrosye, “Unifrance” kinokompaniyasidan Jyuli Paratyan, Frederik Juv va Rebekka Xuzel ishtirok etishdi.
Men sizga havas qilaman va tabriklayman - Nikita Mixalkov "Oʻzbekfilm"ga
Toshkent xalqaro kinofestivalida 30 ga yaqin mamlakatlardan taniqli kinoijodkorlar va mutaxassislar ishtirok etadi. Dasturdan yangi filmlarning eksklyuziv premyeralari, shou-kontsertlar, “Kino 5 kunda” yosh ijodkorlar tanlovi, davra suhbatlari, mobil fleshmoblar, uchrashuvlar va mahorat darslari oʻrin olgan.
Kinofestival v Tashkente 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Infografika
“Kamera, motor!”: Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi
Toshkent xalqaro kinofestivali 1968-1997 yillarda oʻtkazilib kelingan. Unda Osiyo, Afrika Lotin Amerkasi va Yevropa mamlakatlari oʻz filmlari bilan ishtirok etgan.
2021 yili Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan kinofestival “Ipak yoʻli durdonasi” nomi bilan qayta tiklandi va har yili oʻtkaziladigan boʻldi. Yorqin megashou, kutilmagan uchrashuvlar, qaynoq premyeralar, fleshmoblar va jahonga mashhur yulduzlarni bir joyga jamlagan kinofestivalda oʻtgan yili dunyoning turli burchaklaridan kelgan 450 dan ortiq mehmonlar ishtirok etishdi. Lyuk Besson, Valdis Pelsh, Mitxun Chakraborti, Randxir Kapur, Timur Bekmambetov, Stiven Sigal, Oʻzjan Deniz, Filipp Kirkorov, Ravshana Kurkova, Pavel Priluchniy, Melisa Pamuk va boshqalar.
Alohida taʼkidlash kerakki, kinofestival doirasida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochilgan. Mazkur OTM Markaziy Osiyodagi yagona filial boʻlib, hozirda Kinematografiya agentligi huzurida faoliyat yuritadi.
Yangiliklar lentasi
0