Baydenning saratonga chalinganini tan olishi tasodifiy emas – Eron nashri

© AFP 2023 / BRANDON BELLPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Baydenning saraton haqidagi bayonotining eng kutilgan oqibati uning 2024-yilgi saylovlarda qatnashmasligi bo‘ladi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning ilgari tashxis qo‘yilgan saraton haqida kutilmaganda e’tirof etishi tasodifiy bo‘lishi mumkin emas va u, ehtimol erta iste’foga chiqishni anglatadi. Bu haqda Eronning “Resalat” gazetasi yozmoqda.
O‘tgan hafta Amerika yetakchisi atrof-muhitning ifloslanishi ta’siri tufayli saraton kasalligiga chalinganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Oq uy matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, davlat rahbari lavozimga kirishishdan oldin o‘tkazgan teri saratoni muolajalarini nazarda tutgan.
Biroq material muallifining ta’kidlashicha, bu bayonot hech qanday tasodifiy bo‘lmagan: bu Baydenning o‘z ixtiyori bilan lavozimidan ketishi uchun zamin yaratadi.
“Keksalik bilan bog‘liq kognitiv muammolar va mamlakatni boshqarishga yaqqol qodir emaslik, o‘z navbatida, prezidentning o‘zining ham, Demokratik partiyaning ham reytingiga ta’sir qilayotganini hisobga olsak, bunday harakat juda mantiqiy ko‘rinadi. Jamoatchilikka prezidentning lavozimini muddatidan oldin tark etishi haqida ozmi-ko‘pmi asosli tasvirni taqdim etish kerak. Ijtimoiy so‘rovlarda Baydenning mashhurligi 30 foizdan past va muddatidan oldin iste’foga chiqish uning va hukmron partiyaning nufuzini mustahkamlashning yagona yo‘li ko‘rinadi”, deb ta’kidladi muallif.
Ba’zi demokratlarga ko‘ra, Bayden imkon qadar tezroq - hech bo‘lmaganda Kongressga oraliq saylovlar boshlanishidan oldin ketishi kerak. Baydenning o‘rniga ro‘yxatda birinchi o‘rinda Kamala Xarris turibdi, lekin ko‘pchilik uning davlatni boshqarish qobiliyatiga shubha qilmoqda, chunki aholining atigi 40-41 foizi vitse-prezidentni qo‘llab-quvvatlaydi. Va uning oldida o‘z xalqining farovonligini ta’minlash kabi qiyin vazifa turibdi. Ta’kidlanishicha, bu barcha Amerika prezidentlari uchun juda og‘riqli muammo bo‘lgan Rossiya bilan munosabatlar bilan bog‘liq.
Baydenning saraton haqidagi bayonotining eng kutilgan oqibati uning 2024-yilgi saylovlarda qatnashmasligi bo‘ladi.
“Biroq reytinglarning tushib ketishi fonida muddatidan oldin iste’foga chiqish masalasi kutilganidan ancha oldin hal qilinishi mumkin”, deya xulosa qilinadi maqolada.
Bu yil 80 yoshni qarshilagan Bayden AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Tanqidchilar uni muntazam ravishda aqliy zaiflikda ayblab keladi.
Yangiliklar lentasi
0