Siyosat

Deputatlar Oʻzbekiston davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilishdi

© AFP / TEMUR ISMAILOVUzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, qonun loyihasi huquqni qoʻllash amaliyotida paydo boʻlayotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, mazkur qonun loyihasi huquqni qoʻllash amaliyotida paydo boʻlayotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish, Oʻzbekiston hududidagi chegara rejimida jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va majburiyatlarini qonun bilan mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan. Uni ishlab chiqishda xorijiy tajriba inobatga olingan.
“Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi davlat chegarasini ishonchli qoʻriqlash va himoya qilishga xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda.
Deputatlar bahs-munozaralar, savol-javoblardan soʻng bu qonun loyihasini qabul qilishdi.

Mavzuga oid:

Oʻzbekiston oʻrtasida Tojikiston chegara boʻyicha muzokaralar bosqichi yakunlandi
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaralarni demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasining 94 foizini muvofiqlashtirib oldi
Yangiliklar lentasi
0