Elektr energiyasiga bo‘lgan talab eng yuqori iste’molni tashkil qildi – Energetika vazirligi

© Pixabay/a_roeslerLampa nakalivaniya
Lampa nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
22 iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilgan. Shu kuni 237 million kilovatt-soat yoki 6 foizga ko‘pni tashkil qilgan.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘tgan hafta davomida anomal issiq havo harorati sababli O‘zbekistonda tabiiy ravishda elektr energiyasiga bo‘lgan talab eng yuqori iste’molni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Respublika bo‘yicha o‘tgan yoz mavsumida havo haroratining eng yuqori sutkasida 224 million kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan bo‘lsa, bu yil 22-iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilib, 237 million kilovatt-soat yoki 6 foizga ko‘pni tashkil qilgan.
Xususan, Toshkent shahrida iste’mol tarixiy ko‘rsatkichga yetib, odatda kuz-qish mavsumida yuqori bo‘ladigan iste’moldan ham ortgan. 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumida poytaxtda eng yuqori iste’mol 24 million kilovatt-soatni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil 22-iyul sanasi bu ko‘rsatkich 27,5 million kilovatt-soat yoki 15 foizga ko‘pni tashkil etgan.
“Iste’molning bunday oshishiga, albatta, yangi binolarning qurilishi, ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilishi bilan bir qatorda ayrim xonadonlarda elektr energiyasining sutkalik iste’moli 1000 kilovatt-soatgachaga yetganligi yoki ushbu xonadonlar o‘rtacha xonadonning 4-5 oylik elektr energiyasi iste’molini bir kunda iste’mol qilishi sabab bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq vazirlik issiq kunlarda elektr qurilmalarida yuklamaning ortib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik nosozliklarni oldini olish va elektr energiyasi yetkazib berilishining barqarorligini ta’minlash maqsadida iste’molchilardan imkon qadar bu resursdan tejamkorlik bilan foydalanishni so‘ragan edi.
Yangiliklar lentasi
0