Jamiyat

“Ijodkorning ruhiy olami uning asarlarida aks etadi” – yosh rassom

© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov, mama Gavxar Boykulova i Akmal Nuriddinov predsedatel Akademii xudojestv Uzbekistana, Narodnыy xudojnik Uzbekistana
Tursunmurod Musirmonov, mama Gavxar Boykulova i Akmal Nuriddinov predsedatel Akademii xudojestv Uzbekistana, Narodnыy xudojnik Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi Oʻzbekistonni faol yoshlar, ilgʻor gʻoyalar va yetuk maqsadlar bilan qurish – kundalik mezonimizga aylanib bormoqda. Prezident tashabbusi bilan taʼsis etilgan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti ham turli yoʻnalishlarda faol boʻlgan, iqtidorli va ilmli yigitlarga topshiriladi.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Bu yilgi sovrindorlar safidan oʻrin olgan yosh rassom Tursunmurod Musirmonov Sputnik muxbiriga oʻz taassurotlarini soʻzlab berdi.
“Men 1998 yil 20 fevral kuni Guliston shahrida tavallud topganman. Bolaligimdan rasm chizishga, rang boʻyoqlarga va tabiatshunoslikka qiziqardim. Bu qiziqishlarim meni institutga yetaklab keldi. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining magistratura boʻlimi “Dastgohli rangtasvir” mutaxassisligi 1 kursiga imtiyozli ravishda qabul qilindim”, - deydi Musirmonov.
Magistrant 5 yil davomida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga nomzodini qoʻyganligi va nihoyat mana shu yili maqsadiga yetganligini eʼtirof etdi.
© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov - Xorezmskaya dver XIX veka
Tursunmurod Musirmonov - Xorezmskaya dver XIX veka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Tursunmurod Musirmonov - Xorezmskaya dver XIX veka
“Davlat mukofotini qoʻlga olarkanman 5 yil xuddi rangli videotasmadek koʻz oldimdan oʻtdi. Yurtboshim bergan mukofotni oqlashim va unga loyiq boʻlishim uchun zimmamda yana ikki hissa masʼuliyat va majburiyat borligini angladim”, - deydi sovrindor.
Institutda Baxtiyor Mahkamov, Zuhra Dosmetova, Feruzbek Islomov, Ravshan Xoʻjaniyozov kabi pedagoglardan taʼlim olgan. Tursunmurod kelajakda yetuk rassom boʻlib yetishish va koʻplab yutuqlarga erishishni maqsad qilgan.
“Men asosan manzara (“peyzaj”) janrida ijod qilaman. Soʻlim tabiatdan ilhom olaman. Ijodkorning ruhiy olami uning asarlarida aks etadi. Rassomning tomoshabinga aytmoqchi boʻlgan fikrlari ichki sezgilari yigʻilib barmoqlar orqali ranglarga, ranglardan oq matolarga koʻchib sanʼat asari yaraladi. Chin qalbdan yaratilgan asarga rassom oʻz qalbini bir parchasini beradi va bir umr uni qadrlab yashaydi”, deya hayajonlanib soʻzladi Tursunmurod.
2021 yil sentyabr oyida Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan
FossArt xalqaro tanlovida ishtirok etib, 19-25 yosh oʻrtasida 16 ta davlatdan 50 dan ortiq ishtirokchilar ichida Tasviriy sanʼat, rangtasvir yoʻnalishida 1-oʻrin laureati boʻldi va diplom, kubok bilan taqdirlanib, ustozi Zuhra Dosmetova “Eng yaxshi ustoz”nomiatsiyasida gʻolib boʻlgan.
© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov - Minaret Kalyan
Tursunmurod Musirmonov - Minaret Kalyan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Tursunmurod Musirmonov - Minaret Kalyan
“2020 yil Prezident Oʻzbek tasviry sanʼati tarixida boʻlmagan yangilik qilib berdilar, yaʼni yosh ijodkor rassomlar va dizaynerlar uchun Oʻzbekistonning barcha oliy taʼlim muassasasidagi badiiy taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni nomdor stipendiyalar qatorga qoʻshdilar. Shu imkoniyatdan foydalanib men ham 2021-yilda mazkur stipendiyani rangtasvir turlari boʻyicha sohibiga aylandim. Ayni damda hech qanday imtihonlarsiz magistratura yoʻnalishiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindim!”, dedi faxr bilan Tursunmurod.
© Arxiv Akademii xudojestv UzbekistanaTursunmurod Musirmonov - Tutovnik
Tursunmurod Musirmonov - Tutovnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Tursunmurod Musirmonov - Tutovnik
Yosh rassom tomonidan moyboʻyoqda chizilgan rasmlar “Minorai Kalon”, “Tut”, “Sirdaryo”, “Shom”, “Milliy bogʻ”, “Qadrdon koʻcham”, akvarelda "Xorazm eshigi XIX asr", plastilinda “Chorvoq suv ombori” va boshqa shu kabi kartinalar yorqin ifodasi, nafis chizgilari bilan alohida ajralib turadi hamda 2021 yil “Sirdaryo iftixori” oltin fondi roʻyxatiga kiritilgan.
“Hali uylanmaganman, ijodkor uchun erkinlik koʻproq kerak boʻlarkan. Sentyabr oyida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan xalqaro tanlovga taklif etilganman. Hozirda ustozim Baxtiyor Mahkamov koʻmagida mazkur tanlovga tayyorgarlik koʻrmoqdaman”, dedi Musirmonov.
Yangiliklar lentasi
0