Dunyoda

Istanbulda gʻalla boʻyicha qoʻshma muvofiqlashtiruvchi markaz ishga tushdi

© CC0 / Unsplash / Meg JerrardBolshaya mechet Medjidiye v Stambule
Bolshaya mechet Medjidiye v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
26 iyul kuni rossiyalik mutaxassislardan iborat guruh Istanbulga boradi.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Ukraina portlaridan gʻallani xavfsiz tashish boʻyicha oʻzaro tushunish tashabbusi qoidalarini amalga oshirish doirasida Istanbulda qoʻshma muvofiqlashtiruvchi markaz ish boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Ukraina portlaridan gʻallani xavfsiz tashish boʻyicha oʻzaro tushunish tashabbusi qoidalariga muvofiq, Istanbulda qoʻshma muvofiqlashtirish markazi oʻz ishini boshladi”, deb taʼkidlangan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, 26 iyul kuni rossiyalik mutaxassislardan iborat ilgʻor guruh Istanbulga boradi, ular toʻrt tomonlama formatda ish boshlaydi.
“Rossiya delegatsiyasiga kontr-admiral Eduard Luyk boshchilik qilmoqda. Qoʻshma muvofiqlashtirish markazidagi rossiyalik mutaxassislarning asosiy vazifasi tashabbusni amalga oshirish bosqichiga oʻtish uchun barcha zarur masalalarni tezkorlik bilan hal qilishdan iborat boʻladi”, deyilgan xabarda.
22 iyul kuni Istanbulda jahon bozorlariga oziq-ovqat va oʻgʻit yetkazib berish muammosini hal etish boʻyicha hujjatlar toʻplami imzolandi.
Yana bir hujjat Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Qora dengiz portlaridan gʻallani eksport qilish mexanizmini belgilaydi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT oʻrtasidagi kelishuvlar toʻrt tomonlama muvofiqlashtirish markazini tashkil etishni nazarda tutadi, uning vakillari qurol-yarogʻ kontrabandasi va provokatsiyalarning oldini olish maqsadida gʻalla kemalarini tekshiradi.
Yangiliklar lentasi
0