Siyosat

Kabulov: Rossiya AQSH Afgʻonistondan oʻgʻirlagan pullarning qaytarilishi tarafdori

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishZamir Kabulov, arxivnoye foto
Zamir Kabulov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya prezidentning Afgʻonistondagi rasmiy vakilining soʻzlariga koʻra, aholisi kuniga bir dollardan kam daromad oladigan mamlakatdan 7 milliard dollarni oʻgʻirlash jinoyatdir.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Rossiya Afgʻonistonga tegishli, biroq AQSH tomonidan oʻgʻirlangan 7 milliard dollarni mamlakatga qaytarishni talab qilgan Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiyni toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Rossiya prezidentning Afgʻonistondagi rasmiy vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.

“Bu xalqaro hamjamiyatning daromadi boʻlishi kerak. Men Afgʻonistonga tegishli muzlatilgan, aslida AQSH tomonidan oʻgʻirlangan 7 milliard dollarni mamlakatga soʻzsiz qaytarishni talab qilgan Muttaqiyni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. Aholisi kuniga bir dollardan kam daromad oladigan mamlakatdan 7 milliard dollarni oʻgʻirlash jinoyatdir”, - dedi u Toshketda boʻlib oʻtayotgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiyada.

Uning qoʻshimcha qilishicha, bu Jahon bankining Afgʻonistonga ajratilgan 2,5 milliard dollarlik insonparvarlik yordamiga ham tegishli boʻlib, “ular bu bilan afgʻonlarga muzlatilgan pullarni qisman qaytarib bergandek ikkiyuzlamachilik qilyapti”.
“Bu mutlaqo gʻalati. Janob Pottsel, nima uchun siz xalqaro hamjamiyatning fikri sifatida Afgʻoniston Markaziy bankini Vashington tomonidan tayinlangan direktor boshqarishi kerak, degan qarorga keldingiz? Bu xalqaro hamjamiyatning fikri emas, men buni Rossiya Federatsiyasi vakili, Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi sifatida aytaman. Biz bunday fikr bildirmaganmiz va uni qoʻllab-quvvatlamaymiz. Biz bu borada yolgʻiz emasmiz”, - deya qoʻshimcha qildi Kabulov.
Shuningdek, u Rossiya Afgʻonistonni 20 yil davomida hozirgi ahvolga olib kelgan AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqalar oʻz xatolarini hamda ular qoʻllab-quvvatlagan korruptsion hukumatni tuzatishga katta hissa qoʻshishi lozimligini taʼkidladi.
“Biz Afgʻoniston hukumati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaror qildik. Rossiya hukumati afgʻon mahsulotlarini mamlakatga eksport qilish uchun bojxona toʻlovlarini nolga tushirdi. Bundan tashqari, Afgʻoniston Savdo vazirligidan afgʻonlar birinchi navbatda manfaatdor boʻlgan tovarlar roʻyxatini oldik. Biz muzokaralarga, Afgʻoniston hukumatining murojaati va soʻrovlarini toʻliq qondirishga tayyormiz. Bu donga ham, turli neft mahsulotlariga ham tegishli. Biz mintaqaviy sheriklarimiz bilan hamkorlikni davom ettiramiz, xoh u Moskva formati, xoh SHHT doirasida boʻlsin”, - deya xulosa qildi Kabulov.
Avvalroq Amirxon Muttaqiy Toshkentdagi konferentsiyada AQShni hech qanday shartlarsiz mamlakatning muzlatilgan pullarni qaytarishga chaqirgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Afgʻonistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlash muhim ekanligini qayd etgan.
Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afgʻoniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtmoqda.
Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari, oʻnlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afgʻoniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0