Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Lor-shifokor ochiq suvda suzish xavfini aytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishZnak "Kupatsya zapreщeno" na plyaje
Znak Kupatsya zapreщeno na plyaje - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shifokor burun va quloqlarga suv kirganda, qaysi holatda mutaxassisga murojaat qilish kerakligini aytdi
Suv havzalarida suzishning bir qancha xavflari ham bor. Oliy toifali lor-shifokor Vladimir Zaytsevning aytishicha, suzishda burun va quloqlarga suv kirsa organlarning shilliq qavatlariga gidravlik zarba beradi va shu bilan yalligʻlanish jarayonlarini qoʻzgʻatadi.
“Birinchi holat- gidravlik zarba. Yaʼni bunda suv burun boʻshligʻi, halqum va dimogʻ shilliq qavatlariga zarba beradi. Agar zarba kuchli boʻlsa yalligʻlanish boshlanishi mumkin. Shuningdek, suv quloqning eshitish naychasiga kirishi mumkin”, - deydi Zaytsev.
Ikkinchi holat - suv havzasi mikroflorasi. Shifokorning aytishicha, suv havzalaridagi mikroblar faringit, tonzillit va otit kabi kasalliklariga sabab boʻlish ehtimoli bor.
Shifokor burun va quloqlarga suv kirganda qanday chora qoʻllash kerakligini ham aytdi

“Agar qoʻlingizda ichimlik suvi boʻlsa, ogʻiz boʻshligʻini yuvish, tomoqni chayish kerak. Burunni qattiq qoqish kerak emas- bu bilan salomatlikka zarar yetkazish mumkin. Burun va quloq tomchilaridan foydalanish, tomoqni suvli antiseptik bilan chayqash mumkin. Agar bir kundan keyin ham burun va quloqlardan achishish va bezovtalik oʻtib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak”, - deydi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0