https://sputniknews-uz.com/20220726/norov-butun-afgon-xalqi-uchun-tinch-kelajak-kafolatini-aytdi-26527192.html
Norov butun afgʻon xalqi uchun tinch kelajak kafolatini aytdi
Norov butun afgʻon xalqi uchun tinch kelajak kafolatini aytdi
Norovning fikricha, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va boshqalar afgʻon xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir. 26.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-26T11:10+0500
2022-07-26T11:10+0500
2022-07-26T11:10+0500
siyosat
vladimir norov
xalqaro konferentsiya
afgʻoniston
toshkent
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1a/26524778_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6e1fe792d624bbdf4c81af94fd718df8.jpg
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Bugun Toshkentda oʻtkazilayotgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiyada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Afgʻoniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab oʻtdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.Shuningdek, Vladimir Norov Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch, mustaqil va farovon davlat sifatida rivojlanishidan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.Maʼlumot uchun, bugun, 26 iyul kuni Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afgʻoniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferentsiya oʻz ishini boshladi. U ikki kun davom etadi.Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari, oʻnlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afgʻoniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.Unda Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afgʻon xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni taʼminlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.Shuningdek, xalqaro konferentsiya doirasida qoʻshni Afgʻonistonda iqtisodiy barqarorlikni tiklashga qaratilgan gumanitar va infratuzilma loyihalar taqdimoti ham boʻlib oʻtadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1a/26524778_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d0b56433cd8dca3525e1ee55060391b6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
vladimir norov, xalqaro konferentsiya, afgʻoniston, toshkent
vladimir norov, xalqaro konferentsiya, afgʻoniston, toshkent
Norov butun afgʻon xalqi uchun tinch kelajak kafolatini aytdi
Norovning fikricha, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va boshqalar afgʻon xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Bugun Toshkentda oʻtkazilayotgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiyada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Afgʻoniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab oʻtdi. Bu haqda
Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Muvaqqat hukumat tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari, jumladan, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va milliy ozchiliklar, shuningdek, afgʻonlarning toʻla huquqli maktab taʼlimiga qabul qilinishi boʻyicha zudlik bilan amalga oshirilishini kerak boʻlgan vazifalarni taʼkidladi. Bu butun afgʻon xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir”, - dedi Oʻzbekiston TIV rahbari.
Shuningdek, Vladimir Norov Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch, mustaqil va farovon davlat sifatida rivojlanishidan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.
“Afgʻoniston zamini endi mintaqa mamlakatlari va butun xalqaro hamjamiyat uchun xavf tugʻdirmasligi kerak, dedi Vladimir Norov. Biz, shuningdek, Afgʻoniston yaqin kelajakda mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili boʻlishi, mintaqa mamlakatlari, birinchi navbatda, qoʻshni davlatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor boʻlib qolishi haqidagi aniq pozitsiyaga amal qilamiz”, - dedi u.
Maʼlumot uchun, bugun, 26 iyul kuni Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afgʻoniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferentsiya oʻz ishini boshladi. U ikki kun davom etadi.
Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari, oʻnlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek,
Afgʻoniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Unda Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afgʻon xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni taʼminlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, xalqaro konferentsiya doirasida qoʻshni Afgʻonistonda iqtisodiy barqarorlikni tiklashga qaratilgan gumanitar va infratuzilma loyihalar taqdimoti ham boʻlib oʻtadi.