Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Olimlar ichak saratonining tungi alomatini aniqlashdi

© Depositphotos.com / BelchonockKashlyayushaya devushka
Kashlyayushaya devushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Daily Express: tungi yo‘tal yo‘g‘on ichak saratonining alomati bo‘lishi mumkin
Britaniyaning Daily Express nashri xabar berishicha, Cancer Research UK tashkiloti ekspertlari tun paytida avj oladigan yo‘tal ichak saratoni belgisi bo‘lishi mumkinligini aniqlashgan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘tal saratonning o‘pkaga tarqalganini bildirishi ehtimoli bor. Rivojlangan bosqichida ichak saratoni aynan mana shu organni zararlaydi. Shuningdek, bu bosqichda jigar ham shikastlanadi.
Shifokorlar asosan kasallikning ayni shu bosqichida tashxis qo‘yishadi. Bemor yo‘taldan tashqari, nafas qisilishi, pastki nafas yo‘llarining infeksiyalari, qon aralash yo‘tal, ko‘krak va o‘pkada suyuqlik to‘planishi ham mumkin.
Yo‘g‘on ichak saratonining umumiy alomati charchoq, lohaslik va ishtaha yo‘qolishidir. Rivojlanayotgan bosqichda esa qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida noqulaylik yoki og‘riq, ko‘ngil aynishi, vazn yo‘qotish, qorin shishishi (assit), sarg‘ayma va teri qichishishi kabi alomatlari ham paydo bo‘ladi.
Cancer Research UK ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinish ehtimoli yosh, irsiy moyillik turmush tarziga bog‘liq. Shuningdek, ovqatlanishning noto‘g‘ri ratsioni ham saraton kelib chiqish xavfini oshiradi. Bunda, masalan, qizil va qayta ishlab chiqarilgan go‘shtni ko‘p iste’mol qilish, semizlik hamda organizmda kletchatka moddasining yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0