https://sputniknews-uz.com/20220726/ozbekiston-afgoniston-temir-yollariga-zarur-boladigan-barcha-yordamlarni-berishga-tayyor-26530246.html
Oʻzbekiston Afgʻoniston temir yoʻllariga zarur boʻladigan barcha yordamlarni berishga tayyor
Oʻzbekiston Afgʻoniston temir yoʻllariga zarur boʻladigan barcha yordamlarni berishga tayyor
“Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻli qurilishini tezroq amalga oshirish kutilmoqda. 26.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-26T12:18+0500
2022-07-26T12:18+0500
2022-07-26T12:18+0500
siyosat
oʻzbekiston
afgʻoniston
temir yoʻl
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1a/26521099_0:53:1021:627_1920x0_80_0_0_b2fc738424223b0f2bbc2f4b65a784f8.jpg
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Afgʻoniston temir yoʻllariga zarur boʻladigan barcha yordamlarni berishga tayyor. Bu haqida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻl qurilishi muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuvda maʼlum qilindi.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” boshqaruv raisi Afgʻoniston temir yoʻllari bosh direktori Baxt Rahmon Sharofat hamda uning texnik masalalar boʻyicha oʻrinbosari Seddiki Abdul Bari bilan uchrashdi.Qayd etilishicha, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻlini qurilishi mintaqa davlatlari, xususan, Markaziy Osiyo hamda Afgʻoniston mamlakati uchun yirik istiqbolli, iqtisodiy jihatdan katta foyda boʻladigan loyiha hisoblanadi.Aytilishicha, bu orqali Afgʻoniston uchun ham keng qamrovda tranzit imkoniyatlarini yaratiladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga, xususan, temir yoʻllarini tez orada taraqqiy etib ketishiga sabab boʻladi.Baxt Rahmon Sharofat oʻz soʻzida transport-kommunikatsiya tizimidagi uzoq yillik ishonchli hamkorlik yana-da rivojlanishiga katta umid bildirdi.Shuningdek, afgʻonistonlik yoshlarni Oʻzbekistonda tahsil olishlari uchun hamkorlikni rivojlantirish zarurligi aytib oʻtildi.Maʼlumot uchun, Afgʻonistonda dastlabki temir yoʻl liniyasining foydalanishga topshirilishi 2011 yilga toʻgʻri keladi. Oʻshanda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan qoʻshni davlatda 75 kilometrlik “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yoʻl uchastkasi qurib berilgandi.Eslatib oʻtamiz, hozirda Toshkentda “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferentsiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan hukumat vakillari, mutaxassislar ishtirok etmoqda.Xalqaro konferentsiyada Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston davlatlari orasida temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha loyiha ishlarini koʻrib chiqish masalasi ham oʻrin olgan.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1a/26521099_57:0:964:680_1920x0_80_0_0_e47348c8ec55b2179562c3004e24f74f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, afgʻoniston, temir yoʻl
Oʻzbekiston Afgʻoniston temir yoʻllariga zarur boʻladigan barcha yordamlarni berishga tayyor
“Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻli qurilishini tezroq amalga oshirish kutilmoqda.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Afgʻoniston temir yoʻllariga zarur boʻladigan barcha yordamlarni berishga tayyor. Bu haqida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻl qurilishi muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuvda maʼlum
qilindi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” boshqaruv raisi Afgʻoniston temir yoʻllari bosh direktori Baxt Rahmon Sharofat hamda uning texnik masalalar boʻyicha oʻrinbosari Seddiki Abdul Bari bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻlini qurilishi mintaqa davlatlari, xususan, Markaziy Osiyo hamda Afgʻoniston mamlakati uchun yirik istiqbolli, iqtisodiy jihatdan katta foyda boʻladigan loyiha hisoblanadi.
“Tezroq ushbu qurilishni amalga oshirish va bu yoʻnalishda yuk tashishni taʼminlab, Oʻzbekiston doxil qoʻshni davlatlarni temir yoʻl orqali Pokiston bandargohlariga chiqishini amalga oshirish zarur”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, bu orqali Afgʻoniston uchun ham keng qamrovda tranzit imkoniyatlarini yaratiladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga, xususan, temir yoʻllarini tez orada taraqqiy etib ketishiga sabab boʻladi.
Baxt Rahmon Sharofat oʻz soʻzida transport-kommunikatsiya tizimidagi uzoq yillik ishonchli hamkorlik yana-da rivojlanishiga katta umid bildirdi.
Shuningdek, afgʻonistonlik yoshlarni Oʻzbekistonda tahsil olishlari uchun hamkorlikni rivojlantirish zarurligi aytib oʻtildi.
Maʼlumot uchun, Afgʻonistonda dastlabki temir yoʻl liniyasining foydalanishga topshirilishi 2011 yilga toʻgʻri keladi. Oʻshanda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan qoʻshni davlatda 75 kilometrlik “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yoʻl uchastkasi qurib berilgandi.
Eslatib oʻtamiz, hozirda Toshkentda “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferentsiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan hukumat vakillari, mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferentsiyada Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston davlatlari orasida temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha loyiha ishlarini koʻrib chiqish masalasi ham oʻrin olgan.