Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda yuragida nuqsoni bor bolalarda murakkab operatsiya oʻtkazilmoqda

© Sputnik / Igor Onuchin / Fotobankka oʻtishNauchno-texnicheskiy kompleks "Mikroxirurgiya glaza" v Xabarovske
Nauchno-texnicheskiy kompleks Mikroxirurgiya glaza v Xabarovske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent va Samarqanddan kelgan kardioxirurglar 170 nafar bemorda yurak jarrohligi amaliyotini amalga oshirmoqda.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda yurak nuqsoni bilan tugʻilgan bolalar davlat hisobidan murakkab operatsiya qilinmoqda. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent va Samarqanddan kelgan kardioxirurglar 170 nafar bemorda yurak jarrohligi amaliyotini oʻtkazmoqda.
Ular dastlab, Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutining innovatsion klinikasida 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda murakkab operatsiyalarni bajarishdi.
Shuningdek, yuqori texnologik muolajalarning bir qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida oʻtkazildi.
“Qanchadan qancha ehtiyojmand oilalarning bemor farzandlari uzoq yillik dardidan sanoqli soatlarda xalos boʻlib, yana sogʻlom hayotga qaytdi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, fuqaro Raʼno Xalmuratovaning qizi Elenora Kenesbayeva 15 yildirki tugʻma yurak nuqsonidan aziyat chekib keladi. Ammo zarur mablagʻ jamgʻara olmagani tufayli farzandini Toshkentga davolatish uchun olib borishga imkoni boʻlmagan.
Nukusga kelgan shifokorlar Elenorada uzoq yillar orziqib kutilgan murakkab operatsiyani bepul va eng muhimi, muvaffaqiyatli bajarishdi.
“Har yili oʻgʻil-qizlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, kasallikka chalinganlarni roʻyxatga olyapmiz. Birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan oila farzandlariga eʼtibor qaratilib, ularda murakkab kardioxirurgik amaliyotlar oʻtkazilyapti”, deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Alima Matkarimova.
Qayd etilishicha, mart oyida ham Nukusda yurak operatsiyalari amalga oshirilgan. Bu galgi tashrif davomida mahalliy kardioxirurglar malakasi ham oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0