Dunyoda

Rossiya sanktsiyalardan “bir gramm zarar koʻrmadi” – NI

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishPrazdnovaniye Dnya gosudarstvennogo flaga Rossii
Prazdnovaniye Dnya gosudarstvennogo flaga Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevropa davlatlari sanktsiyalar qoʻllanilgandan soʻng, ikki tomonlama muammoga duch keldi.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Gʻarb sanktsiyalari Rossiya iqtisodiyotini barbod qila olmadi. Bu haqda The National Interest nashri maʼlum qildi.
Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiya tashqi savdosining profitsiti rekord darajadagi 70,1 milliard dollarni tashkil etdi. Rubl yevroga nisbatan 2015 yildagi koʻrsatkichlarga yetib, havas qilsa arziydigan barqarorlikni koʻrsatdi. Bu muvaffaqiyatga mahsulot narxining yuqoriligi va Rossiyaning neft, gaz, gʻalla va oltin eksport qilish qobiliyati yordam beradi.
Yevropa davlatlari, oʻz navbatida, sanktsiyalar qoʻllanilgandan soʻng, ikki tomonlama muammoga duch keldi: ularga Rossiyadan yetkazib berishning qisqarishi tufayli yoqilgʻi yetishmaydi va energiya narxining oshishi inflyatsiyani kuchaytiradi.
“Cheklovlar Rossiyaning oʻzidan koʻra, butun dunyoga koʻproq muammolarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, mamlakat “bir gramm zarar koʻrmadi”, deb xulosa qiladi nashr.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish boʻyicha maxsus operatsiya oʻtkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan zoʻravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Rossiya harbiylarining maxsus operatsiyasi boshlanganidan soʻng Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini kuchaytirdi: Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qoʻyildi, banklar SWIFT tizimidan uzildi, koʻplab brendlar mamlakatni tark etdi. Yevropa Ittifoqi allaqachon yettita sanktsiya paketini, jumladan, koʻmir va neftga embargoni qabul qilgan. Bularning barchasi allaqachon Gʻarbning oʻzi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya hamda oziq-ovqat va benzin narxining keskin oshishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0