“Tolibon”* vakili AQShdan va’dalarini bajarishni talab qildi

© Sputnik/ Zafar xalilovAmirxon Muttaki
Amirxon Muttaki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy 20-yillik urush va AQSh sanksiyalari mamlaatdagi kambag‘allikning asosiy sababi ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. 20 yillik urush va AQSh sanksiyalari Afg‘onistondagi kambag‘allikning asosiy sababi, bundan oddiy xalq jabr chekmoqda, dedi Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy Toshkentdagi konferensiyada.
Muttaqiy o‘z nutqini O‘zbekistonga Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyani tashkil qilgani uchun minnatdorlik bildirish bilan boshladi. O‘zbek va afg‘on xalqlari o‘rtasida tarixiy hamda diniy aloqalar mavjudligini qayd etdi.

“11 oy davomida - qisqa muddat ichida mamlakatda xavfsizlikni ta’minlay oldik va barcha davlat organlari faoliyati, xodimlarini saqlab qoldi, aholiga asosiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Korrupsiyani deyarli nolga tushirdik”, - dedi Muttaqiy. Uning so‘zlaridan Sputnik muxbiri iqtibos keltirmoqda.

Shuningdek, Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari siyosiy va harbiy dushmanlarning barchasiga amnistiya e’lon qilingani, mamlakat tarixida ilk bor tolerantlik siyosati joriy etilgani, hech kim siyosiy ideologiyalari uchun ishdan olinmayotganini qo‘shimcha qildi.
“Hozir bizda Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari juda yaxshi ishlayapti. Ularning xodimlari orasida ko‘plab yoshlar ham bor. Biz bu kuch tuzilmalarimizni xalqimizga yoki qo‘shnilarimizga qarshi ishlatmadik. Barcha tashqariga chiqib ketgan vatandoshlarni chaqiramiz, Afg‘oniston barcha afg‘onlarning yurti. 20-yillik urush va AQSh sanksiyalari kambag‘allikning asosiy sababi, bundan oddiy xalq jabr chekmoqda”, deya ta’kidladi Amirxon Muttaki.
Shuningdek, u uzoq vaqtdan so‘ng biz barcha universitetlar va maktablarning faoliyati tiklangani, hozir qariyb 10 millionga yaqin o‘quvchilar maktablarda o‘qiyotganini, ayollarning ishlashi uchun sharoitlar yaratib berilayotganini qo‘shimcha qildi.

“Afg‘oniston islom amirligi hududidan boshqa davlatlarga tahdid qilinmaydi, bunga va’da berdik. Biz barcha va’dalarimizni bajardik. Endi AQSh ham barcha va’dalarini bajarishini so‘raymiz. Biz barcha davlatlar bilan o‘zaro hurmat asosida aloqalar o‘rnatishga tayyormiz. Biz AQShni hech qanday shartlarsiz muzlatilgan pullarni qaytarishga chaqiramiz”, - dedi u.

Shuningdek, u O‘zbekiston tomoni, xususan Kamilov va Irgashevlarga minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Afg‘onistonning xorijdagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash muhim ekanligini qayd etgani xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, bugun, 26-iyul kuni Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. U ikki kun davom etadi.
Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, o‘nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0