Toshkentda “Open Air Fest” o‘tkaziladi

Otkritie fotovistavki Puteshestvie v Doma-muzei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Tadbir Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan 30-iyul kuni O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida "Open Air Fest" ko‘ngilochar dasturi tashkil etiladi. Bu haqida muzey matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
© Press-slujba Gosudarstvennogo muzeya prikladnogo iskusstva i istorii remeslennichestva Uzbekistana "Open Air Fest" v chest Dnya drujbi narodov
 Open Air Fest v chest Dnya drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
"Open Air Fest" v chest Dnya drujbi narodov
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, jamiyatdagi turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.
Shuningdek, mehr-oqibat muhitini saqlash, milliy madaniyat, urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
"Open Air Fest" dasturida belarus, boshqird, qrim-tatar, tojik, qirg‘iz, rus va koreys madaniyat markazlarining chiqishlari, Milliy gvardiyaning Alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestrining konsert dasturi namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, "Open Air Fest" dasturi prezidentining PQ-261-sonli qarori bilan, hududlar bo‘ylab manzilli reja asosida tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0