Kolumnistlar

Ukraina gʻallasi boʻlmasa xalqaro ochlik: haqiqat yoki propagandami?

© Sputnik / Vitaliy TimkivZerno pshenitsы, arxivnoye foto
Zerno pshenitsы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oziq-ovqat inqirozi fonida Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT Ukraina donini chetga chiqarish boʻyicha kelishib oldi. Savol: Ukrainada oʻzi gʻalla bormi?
Oʻtgan juma, 22 iyul kuni Rossiya, Turkiya va BMT Ukraina gʻallasini chetga chiqarish boʻyicha kelishuv imzoladi. “Gʻalla boʻyicha kelishuv” kelgusi haftalarda mahsulotlarning Ukraina nazoratidagi Odessa, Chernomorsk, va Yujniydagi uchta portdan kelishilgan xavfsiz yoʻlaklar boʻylab chiqarilishini nazarda tutadi.
Gʻarb uzoq vaqt jahon hamjamiyatini Kiyevning oziq-ovqat taʼminotida tutgan ahamiyati va Rossiya “Ukraina gʻallasini toʻsib qoʻysa” butun dunyo aholisining muhim qismini och qoldirishini isbotlashga harakat qildi.
Ukrainada chindan ham gʻalla zahirasi bormi yoki bu Rossiyani chetlatish maqsadida faktlarni yolgʻon koʻrsatishga navbatdagi urinishmi? Sputnik bu savolga javob qidirib koʻrdi.

“Rossiya dunyoni och qoldirmoqchi”

Soʻnggi paytlarda asosiy va eng dolzarb mavzulardan biri oziq-ovqat inqirozi boʻlib qolmoqda. Goʻyoki Ukrainadagi harakatlari bilan Rossiya butun dunyo aholisining katta qismini och qoldirmoqchi degandek.
Bunday ayblovlarni qoʻyishga hech kim istihola qilib turgani yoʻq- gʻarblik diplomatlar ham, gʻarbiy OAV ham (Ukraina OAVlarini qayd etish ortiqcha). “Rossiya oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanyapti va butun dunyoga ochlik bilan tahdid qilyapti. Maqsadi sanktsiyalarning bekor qilinishga erishish”- bunday tezislarni deyarli barcha aytdi.
Gʻarbning fikri boʻyicha, buni Rossiya qanday amalga oshiryapti? Kemalarning Qora dengiz portlaridan chiqib ketishiga toʻsqinlik qilib ukrain doni eskportini bloklayapti, shuningdek, (keyinchalik qayta sotish maqsadida) uni oʻgʻiryalayapti, yoqib yuboryapti (dushmanga qolmasligi uchun ehtimol), elevatorlarni portlatyapti, zahiralarni yoʻq qilyapti va transport infratuzilmasini buzyapti.
Gʻarbiy OAV va siyosatchilar bir ovozdan joʻr boʻlishicha, bularning barchasi dunyo aholisi uchun halokatli oqibatlarga olib keladi, jahon oziq-ovqat xavfsizligi uchun yaxshi boʻlmagan vaziyatda uni yanada ogʻirlashtiradi.
Mantiqlidek eshitiladi, chunki bularning bari Ukraina – dunyodagi eng yirik gʻalla yetkazib beruvchisi degan dalil bilan aytiladi.
Gʻarb OAVning vahima koʻtarayotgan deyarli barcha maqolalarida “Rossiya va Ukraina birgalikda dunyo bozoriga 30% - gʻalla yetkazib berishni taʼminlaydi” qabilida tezislarni koʻrish mumkin.
Shubhasiz, bu haqiqat. Ammo bunda Rossiyani olib tashlaganda maʼlum boʻladiki, garchi Ukraina zahiralarining dunyo bozorida hissassi koʻp boʻlsada, hayotiy muhim ehtiyoj hisoblanmaydi.
Ukraina bilan birga tilga olnmasa ham Rossiya ushbu mahsulotning eng yirik eksportchisi hisoblanadi.
Buni shunchaki ochiq manbalarda turgan Birlashgan Millat Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) maʼlumotlariga qarab bilib olish mumkin.
Gʻalla ekinlari juda koʻp, lekin Gʻarb mamlakatlarining aksariyati va Ukraina bugʻdoy haqida qaygʻu bilan qichqirayotgan ekan, mayli aynan uni misol tariqasida olamiz.
Rossiya dunyodagi uchinchi ishlab chiqaruvchi va yirik eksportchi hisoblanadi (chunki Xitoy va Hindiston ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi boʻlib, butun bugʻdoyini ichki bozoriga yoʻnaltiradi)
BMT FAO maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda Rossiya Federatsiyasi 37,3 million tonna bugʻdoy eksport qilgan - Rossiyaning dunyodagi ulushi 20,4% ni tashkil qiladi. Ukrainaning ulushi bu paytda 10% dan kam (18 million tonna) va eng yirik eksport qiluvchi davlat beshtaligining oxirida turibdi.
Shu sababli, Rossiyaga nisbatan Ukraina taʼminoti haqiqatdan ham muhim koʻrinadi (birgalikda - dunyo taʼminotining 30%), ammo bu bogʻlovchisiz hajmlar unchalik taʼsirchan koʻrinmaydi.
Nega OAVlar bu haqida faqat “Rossiya-Ukraina” deb yozishadi? Ehtimol, qoʻrqitish va Ukraina gʻallasini olib chiqish muammolarini iloji boricha kuchliroq koʻrsatish maqsadida shekilli.
Vaziyatni ular chindan ham nihoyatda qoʻrqinchli tasvirlashadi. Deyarli butun dunyoni boqayotgan Ukraina shunday holatda qolganki, bir qator OAV, siyosatchilar, hatto mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning bahosiga koʻra, uning hududida eksport qilinadigan 25 mln don qolib ketgan.
“Ukraina don assosiatsiyasi” (UZA) prezidenti Nikolay Gorbachev Xalqaro don kengashining iyun oyidagi konferentsiyasida 30 millionga yaqin don Ukraina nazorati ostidagi hududlarda borligini aytdi.
Rostdan ham shundaymi?

Ukrainada gʻalla bormi?

Ukrainaning nufuzli “APK-Inform” axborot-tahlil agentligi maʼlumotlariga koʻra, Ukraina 2021 yilda 83,7 million tonna gʻalla yetishtirgan.
Oʻtgan qishloq xoʻjaligi yilining birinchi yarmida (01.07.2021dan - 31.12.2021) Ukraina 32,2 million tonna eksport qildi. Maxsus operatsiya boshlanishidan oldin - 2022-yil 1-yanvardan 24.02.22-gacha - yana 11,1 million tonna don xorijga sotilgan.
Jami, eksport qilingan donni hisobga olmaganda, maxsus harbiy operatsiya boshlangan paytda Ukrainada 40,4 million tonna qolishi kerak edi.
Endi ushbu hajmdan ichki foydalanish - Ukrainaning oʻzi qancha isteʼmol qilishini olib tashlaymiz.
IGC (International Grains Council) maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan mavsumda Ukraina 27,8 million tonna, USDA (AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi) maʼlumotiga koʻra esa - 28,5 million tonna isteʼmol qilgan. Agar yiliga 28 million tonnagacha ichki isteʼmolni yaxlitlash va oylik isteʼmolni taxminan hisoblab chiqsak, Ukrainada har oy 2,3 million tonnaga yaqin don “isteʼmol qilinadi”. Jami, oʻtgan yilning iyul oyi boshidan joriy yilning fevral oyi oxirigacha – 18,7 mln.
Ayirganimizda, aniq boʻladiki, maxsus operatsiya boshlanishiga qadar Ukrainada 21,7 million tonna don qolishi kerak.
Takrorlab oʻtamizki, janob Zelenskiy joriy yilning iyun oyida Ukrainada eksportga moʻljallangan don miqdorini 25 million tonna degan, UZA prezidenti esa 30 million tonna haqida gapirgan edi.
Maxsus operatsiya boshlangandan buyon hamda qishloq xoʻjaligi yili tugagunga qadar toʻrt oy oʻtdi. Harbiy harakatlar fonida isteʼmol ikki barobar kamaydi deb hisoblaganda ham (aholining chiqib ketishi, chorva mollari sonining kamayishi va boshqalar tufayli) mart-iyun oylarida Ukraina yana 4,6 million tonna isteʼmol qilgan.
Shuningdek, mart-iyun oylarida eksport kamaygan boʻlsada, u baribir toʻxtamadi. Ukrainaning tegishli idoralarining ochiq maʼlumotlariga koʻra, bu paytga kelib mamlakatdan 3, 05 million tonna don eskport qilingan.
Yana ayiramiz- qishloq xoʻjaligi yili soʻnggiga Ukrainada taxminan 14 mln tonna don qolgan.
Tahlil va farazlarga qurilgan bunday osonlashtirilgan matematika bizni AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligi koʻrsatgan hisob-kitoblarga olib keldi. Ularning maʼlumotlariga koʻra, (ular ham ochiq manbalarda) Ukraina qishloq xoʻjaligi yilini 13,4 million don bilan tamomlagan.
Qiziq, AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning iyun oyida Ukrainadan Rossiya tomondan toʻsib qoʻyilgan 20 million tonnaga yaqin donni eskport qilish zarurligi haqida gapirganda qaysi maʼlumotlraga tayangan ekan, axir ular AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlaridan deyarli ikki barobar farq qilib tursa.
Darvoqe, yana bir qiziqarli savol: nega bunday maʼlumotlarni yigʻadigan va buni ochiq manbada koʻrsatgan AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi jim? Axir ular haqiqatni bilishadi, oʻzlari hisoblashganku.
Yana bir ahamiyatli jihat bu Ukrainada qolgan 13-14 mln tonna hajmlar ham shartli belgilangan. Agar Ukraina korruptsiyadan butunlay ozod boʻlgan, kulrang sxemalar boʻyicha katta miqdordagi don eksport qilmaydigan mamlakat boʻlganda, bunga ishonish mumkin boʻlardi.
Afsuski, bunday emas, va Ukraina don saqlaydigan omborlardan qiziqarli yangiliklar ham kelib turadi.
Masalan, 2020 yilning iyun oyida Ukrainada davlat rezervining auditi boʻlib oʻtgan. Natijalarga koʻra, zahira 97% ga boʻshab qolgan. Aniqlanishicha, sichqonlar strategik zahiraning deyarli hammasini – taxminan 2,7 ming don tashiydigan vagondagi gʻallalarni yeb qoʻygan.
Davlat zahirasida qolgan 3% don esa chirigan va isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan.Ukrainada sichqonlar yaxshi bugʻdoyni tanlay bilishadi, shekilli.
Yana ochkoʻz kemiruvchilar Ternopol viloyatining davlat zahirasiga kirib, 150 ming don tashuvchi vagondagi donni yeb qoʻygan.
Aniqlashtirish uchun : don vagonining oʻrtacha yuk koʻtarish quvvati 72 tonnani tashkil etadi. Yaʼni sichqonlar 200 ming tonnadan ortiq donni isteʼmol qilishga muvaffaq boʻlishgan. Bu degani bitta kemiruvchi kuniga oʻrtacha 3 gramm don isteʼmol qilgan.
Boshqa bir qiziq holat- bunisi yaxshiroq- oʻtgan yilning soʻnggida sodir boʻlgan. Oʻshanda Ukrainada don eksportini qisqartirish ehtimoli haqida gapira boshlashgan edi. Chunki hukumat pul toʻplashga shunchalik mukkasidan ketganki, natijada hamma narsani sotib yuborgan.
Qishloq xoʻjaligi boʻyicha ukrainalik eskpert Larisa Guk oʻshanda mamlakatda bor-yoʻgʻi 800 ming tonna oziq-ovqat bugʻdoyi qolganini, mamlakat oddiy non bilan oʻzini toʻydira olmasligini aytgan edi (uning soʻzlariga koʻra, oziq-ovqat bugʻdoyiga oylik ehtiyoj 500 ming tonnaga yaqin boʻlgan).
Yaqinda esa, Ukrina telegram kanallari prezident maʼmuriyati xavfsizlik xizmatiga barcha omborlarni tekshirishni buyurgani, don faqat qogʻozlarda qolayotganini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, maxsus operatsiya arafasida Davlat zaxirasi chet elga katta miqdorda bugʻdoy sotgan (faqat 11—14-fevralda goʻyoki 900 ming tonnaga yaqin joʻnatilgani aytiladi).
Bilvosita ushbu versiyani yaqinda ukrinalik siyosatshunos Vasiliy Vakarov “Vecher Vladimirom Solovyevыm” dasturida aytib oʻtgan. Ekspertning ukrain brokerlariga tayanib xabar berishicha, maxsus harbiy operatsiya boshlanguniga qadar mamlakatda hech qanday don qolmagan- hammasi allaqachon chiqarilgan va sotilgan boʻlgan.
Bular shunchaki bir nechta misollar xolos. Aslida, bunday holatlar juda koʻp. Shuning uchun Ukrainada bir gramm ham don oʻgʻirlanmagani va qishloq xoʻjaligi yilida 13-14 mln tonna qolganiga ishonish qiyin.
Materialning mana shu qismini tugatar ekanman, bir ritorik savol bilan yuzlanmoqchiman: Ukraina hukumati, Gʻarb mamlakatlari va Gʻarbga doʻst mamlakatlarining maʼlumotlarida keltirilgan 23-30 mln tonnalar qayerdan kelib qolgan?!
Aftidan, kimdir qayerdadir yolgʻon gapiryapti. Va mana shu “kimdir” esa aroq va ukrain milliy koʻylaklarini yaxshi koʻradi shekilli.

Ukraina oʻzini qanday oqlaydi?

Avvalroq Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillarining toʻrt tomonlama muzokaralari boʻlib oʻtdi. Muzokaralar masalasi- Ukrainaning Qora dengiz portlaridan don olib oʻtish. Uning natijalariga koʻra, oʻtgan jumada kerakli kelishuvlar imzolangan.
Garchi Rossiya don eksportiga hech qanday halal bermagan boʻlsada, (buni quruqlikda olib oʻtish, ukrainlarning oʻzlari minalar joylashtirgan va bu bilan kemalar oʻtishini toʻsib qoʻygan portlarni bombalardan tozalashning bir dunyo variantlari taklif qilingan), Moskva Ukrainadagi donni dunyo bozoriga olib chiqish uchun barcha ishlarni qilishga tayyorligini bildirdi.
Savol paydo boʻladi: bozorlarga oʻsha keltirilgan 30 mln tonna bugʻdoy yetib bormaganini dunyo koʻrganda nima boʻladi?
Va shunda, ehtimol Ukrainaning oʻzini oqlashi boshlanadi, buning uchun esa u bir dunyo sabablar topgan albatta: “Rossiya bizning donimizni tortib oldi va sotib yubordi”, “Rossiya maydonlarimizga oʻt qoʻydi”, “Rossiya bizning donga toʻlib toshgan elevatorlarimizni bombaladi” va hokazo.
Umuman olganda, Ukrainaga yaqin OAVlarning trendini payqash qiyin emas.
Ukrain nashridan hikoya qiluvchi nisbatan yangi yangiliklardan biri – Sinelkov tumanining (Dnerpropertrovsk viloyati) Rossiya Qurolli tomonidan oʻqqa tutilishi hamda don ortilgan elevatorning yoʻq qilinishi.
Sarlavhalar aynan shunday- elevatorning portlashi haqida. Maktab hovlisiga “tegib ketishlar”, litseylarning “yoʻq qilinishi” aftidan hammaning meʼdasiga tekkan, shuning uchun bunday tafsilotni yangilikning soʻnggida bitta gap bilan berishgan xolos. Hozir esa hammani don masalasi qiziqtirmoqda, shuning uchun Ukrainada faqat unga urgʻu berishmoqda.
Agar aniqlashtirilsa, butun ukrain OAV larida aylangan ushbu xabar hech narsaga arzimaydi- xuddiki, yoʻq qilingan elevator 5 tonna don koʻtara oladigandek. Ukrainada, audit maʼlum qilganidek, sichqonlar bundan 40 barobar koʻproq don yeyishadi shekilli.
Soʻz oʻrnida, Kiyevning oʻzi ham oʻz zahiralarini yoʻq qilib, keyin bunda Rossiyani ayblashdan aslo hijolat chekmaydi.
Masalan, germaniyalik jurnalist Alina Lipp, Mariupol portida boʻlgan va Ukraina Qurolli Kuchlari tonnalab donni chekinayotganda yoʻq qilganini oʻz koʻzlari bilan koʻrgan.

“Bilasizmi, gʻarbiy OAVlar dunyoga ochlik kelganida Rossiyani ayblashda toʻxtayotgani yoʻq. Mana shu paytda esa Ukraina tomoni don saqlanadigan omborni yoqib yubordi”, - deydi jurnalist xabarlar Federal agentligi bilan boʻlgan suhbatda.

Agar don Qora dengiz boʻylab borsa, Ukrainaning oʻzini oqlashiga Gʻarb ishonadimi? Katta ehtimol bilan - ha. Hech boʻlmaganda - jamoat maydonida.

Yolgʻon – Kiyev siyosatining instrumenti sifatida

Yuqorida keltirganlarimiz aysbergning koʻrinib turgan uchi xolos. Mayli u hammasidan koʻp eʼtiborni tortsin, ammo aynan mana shunday holatlarni barcha soahalarda uchratish mumkin.
Masalan, bir qator ukrain va gʻarb OAVlari kichik mavzu piariga oʻtishgan- goʻyoki Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari sababli noʻxatga boʻlgan global talab bu yili 20% ga qisqaradi.
“Ukraina dunyodagi eng yirik noʻxat eksport qiluvchi mamlakat sifatida”- oʻz-oʻzidan ahmoqona latifaning boshlanishiga oʻxshaydi. Ammo bu haqida nufuzli deb hisoblanmish The New York Times nashri oʻta jiddiylik bilan xabar bermoqda.
Bu xabarlarning “oyoqlari” aftidan “War in Ukraine. Grain & Oilseed Crop Forecast-2022” qiziqarli nomli vebinardan boshlanadi shekilli.
Uning doirasida “UkrAgroKonsalt” don bozori tahlilchisi Marina Marinichning xabar berishicha, Ukraina hududidagi harbiy harakatlar tufayli 2022/2023 yillarda noʻxat ishlab chiqarish 66, 6% ga- 9 mln tonnadan 6 mln tonnagacha qisqaradi.
Bu raqamlar shunchaki havodan olinganini tushuntirish uchun: dunyoda noʻxat ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi- Hindiston- 2020 yilda mamlakatda 11 mln tonna noʻxat yetishtirilgan. Rossiya- yetakchi mamlakatlar safiga kiradi- soʻnggi yillarda xorijga 300 ming tonna noʻxat eksport qiladi.
Yana bir marta Rossiya bilan birga keltirilayotgan Ukraina esa qandaydir sabablarga koʻra, ushbu mahsulotning yirik eksportchisi sifatida aytilgan, FAO maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda atigi 39 ming tonna noʻxati eksport qilgan.
9 mln tonna noʻxat ishlab chiqarilganda, mamlakat atigi 39 ming tonna eksport qilgani gʻalati tuyuladi.
Darvoqe, 2021 yilda Ukrainada barcha dukkakli ekinlarni (va bu loviya, mosh, noʻxat, yasmiq va boshqa koʻplab turlarni oʻz ichiga olgan ekin) ishlab chiqarish umumiy hajmi 700 ming tonnadan bir oz koʻproq etib belgilandi (shundan deyarli 600 ming tonnasi - noʻxat).
Ammo, aftidan, Rossiya qanday qilib ochlikdan oʻldirishini butun dunyoga koʻrsatishga urinayotgan Gʻarb OAV lari haqiqatdan ham toʻgʻri maʼlumot berishdan unchalik manfaatdor emas. Axir, keyin tashviqotning asosi yoʻqligi maʼlum boʻladi. Ammo, ochiq yolgʻon - bu uchun ideal yordam.

Oziq-ovqat inqirozi - ochlik tayyorlanish vaqti keldimi?

Gʻarb propagandasindan chiqib tushunish kerakki, oziq-ovqat inqirozi va don yetishmasligi – bu maxsus operatsiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri oqibati emas.
COVID-19 pandemiyasi ham butun dunyo boʻylab oziq-ovqat taʼminoti zanjirlariga taʼsir koʻrsatdi va tarqatish kanallari buzildi. Bunda oʻtgan yil davomida keskin oʻsgan yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari ham muhim rol oʻynadi.
2021-yildagi jazirama toʻlqin, qurgʻoqchilik va kuchli suv toshqinlari Amerika va Yevropadagi asosiy ekinlarni yoʻq qildi.
BMT FAO maʼlumotlariga koʻra, oziq-ovqat narxlari 2021 yilda 23,1 foizga oʻsdi, bu soʻnggi oʻn yillikdagi eng tez oʻsish surʼati.
Joriy yilning fevral oyida - maxsus operatsiya boshlanishidan oldin - BMT FAO oziq-ovqat narxlari yiliga 20% ga oshgani va goʻsht, sut mahsulotlari, don, sariyogʻ va shakar narxi 1961 yildan beri inflyatsiyaga moslashtirilgandan buyon eng yuqori koʻrsatkichda boʻlganini maʼlum qildi.
Albatta, Ukrainadagi mojaro ham oziq-ovqat inqirozining rivojlanishiga taʼsir qiladi, ammo bu boshlangʻich nuqta emas. Va bu inqirozning rivojlanishining sababi, bugungi kunda koʻpchilik oʻylaganidek, faqat Rossiyaning aybi emas.
RF ga nisbatan misli koʻrilmagan sanktsiyalar bosimi bu jarayonga taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. Gʻarb davlatlari rahbarlari bir ovozdan Ukraina bilan sanktsiyalar oziq-ovqat sektoriga taʼsir qilmasligini, Rossiyadan eksport qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini blokadasi yoʻqligini bir ovozdan eʼlon qilishsin – axir ular hamon ayyorlik qilishmoqda.
Ha, de-yure Rossiyaning oziq-ovqat eksporti sanktsiyalarga tushmaydi, ammo moliyaviy cheklovlar va bir qator toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlar de fakto barchasini sanktsiyalarga yaqinlashtiradi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasidan Yevropa portlariga kemalarni kirishi, Rossiya operatorlari uchun kemalar nizomi va ularni sugʻurtalash boʻyicha cheklovlar mavjud. Bundan tashqari, toʻlovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar mavjud. Rosselxozbank esa (Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik qishloq xoʻjaligi banki) sanktsiyalar ostida va SWIFT dan uzilgan. Cheklovlar portfelidagi qishloq xoʻjaligi sektorining ulushi 25% ga yetadigan Sberbankga nisbatan ham kengaytirilmoqda.
Shunday ekan, bizni boshqachasiga ishontirishga qanchalik urinishmasin, Gʻarbning oʻzi oʻz sanktsiyalari bilan xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda va sayyoramizda ochlikdan aziyat chekayotganlar sonining koʻpayishiga sabab boʻlyapti.
Ehtimol, Gʻarbda buni anglab yetishgandir - garchi ular bu haqida bu haqda ochiq gapirishmasa ham (va buni hech qachon aytishmasa ham).
Endi, butun Yevropani ajablantiradigani shundaki, dunyoda oziq-ovqat yetarli emas. Aftidan, yana (gaz va neft bilan bogʻliq vaziyatda boʻlgani kabi) muqobil manbalar topilmagan, shuning uchun Yevropa Ittifoqi Rossiya oziq-ovqat eksportiga nisbatan sanktsiyalarni yumshatadi.
Fikrlashni yaxshi koʻruvchilarga alohida eslatib qoʻyishni xohlardik - Rossiya qanday qilib oziq-ovqat inqirozi, narxlar oshishi va dunyoviy ochliqdan dunyoni olib chiqayotgani haqida. BMT FAO har oy oziq-ovqat narxlarining yangi indeksini (IPTSF) eʼlon qiladi.
Ushbu indeks oziq-ovqat mahsulotlari savatiga xalqaro narxlarning oʻzgarishini aks ettiradi. U beshta tovar guruhi – goʻsht, sut mahsulotlari, don mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi va shakar boʻyicha narxlar indekslarining oʻrtacha qiymatlari asosida shakllantiriladi.
Xususan, joriy yilning iyun oyida IPTSF may oyiga nisbatan 2,3 foizga kam. Bu pasayish ketma-ket uchinchi oyda qayd etilmoqda – mart oyidagi rekord koʻrsatkichdan soʻng, indeks har oy pasayib bormoqda. Ha, bu hamon ancha yuqori - oʻtgan yilning iyun oyiga nisbatan ancha yuqori (vaziyat shunday taqozo qilmoqda) - biroq uning pasayish tendentsiyasi belgilangan.

Xoʻsh, gʻalla bilan vaziyatchi?

Goʻyoki Rossiyaning Ukraina donini bloklashi tufayli yuzaga kelgan inqirozga qaytamiz. Bu yil Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vazirining birinchi oʻrinbosari Taras Vыsotskiyning prognozlariga koʻra, hosil taxminan 50 million tonnani tashkil qiladi.
Bu yomon emas - Ukraina koʻp yillar davomida yiliga 35-45 million tonna gʻalla yetishtirgan, oʻtgan mavsum qanday qilib juda muvaffaqiyatli boʻlgan. Bunday hajmlarni hamon unutishmagan shekilli.
Darvoqe, Rossiyada bu mavsumda moʻl hosil boʻlishi kutilmoqda - taxminan 130 million tonna (rekord 2017 yilda qayd etilgan - 135,5 million tonna). Bugʻdoy uchun bu yil rekord koʻrsatkich prognoz qilinmoqda - 87 million tonna yoki undan koʻp.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi jahon bozorlariga 50 million tonnadan ortiq don yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi (oʻtgan mavsum hosilidan 37 million tonnaga yaqini eksport qilingan).
Demak, Rossiya nazariy jihatdan, jahon bozorida yiqilgan Ukraina gʻallasining katta hajmini oʻrnini bosishga qodir. Bu Ukraina eksportinining cheklanishi kabi juda koʻp piar qilingan muammoga nuqta qoʻyishimiz mumkinligini anglatadi.
Gʻarbga esa oziq-ovqat inqirozining rivojlanishiga aynan nima taʼsir qilishi haqida oʻylab koʻrish vaqti keldi.
Yangiliklar lentasi
0