Yaponiyada maymun chechagi aniqlandi

© Sputnik / Press-slujba nauchnogo sentra virusologii i biotexnologiy "Vektor" / Mediabankka o‘tishNauchniy sentr "Vektor" sozdal test-sistemi dlya viavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan
Nauchniy sentr Vektor sozdal test-sistemi dlya viavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Kasallik Yevropa safaridan qaytgan 30 yoshli tokiolik erkakda aniqlangan.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Sharqiy Osiyoda joylashgan Yaponiyada maymun chechagining birinchi holati aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, bemor Yevropa safaridan qaytgan 30 yoshli tokiolik erkak. U shifoxonada.
23 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tez tarqaladigan maymun chechagi epidemiyasini global sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deb e’lon qildi. 25-iyul holatiga ko‘ra, 75 ta davlat va hududda 16 mingdan ortiq infeksiya holati qayd etilgan. Afrikada mazkur virusni yuqtirgan besh kishi vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0