Jamiyat

“Afrosiyob” poyezdlari harakatini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yoʻlovchilar poyezd qaysi bekatdan soat nechchida harakatlanganligi va yakuniy bekatga soat nechchida yetib borishini onlayn kuzatishlari mumkin.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. “Afrosiyob”poyezdlari harakatini onlayn tarzda koʻrish, kuzatish, monitoring qilish imkoniyati yaratildi.
Endilikda chipta sotib olmoqchi boʻlgan yoki poyezdda boʻlib turgan yoʻlovchilar poyezd qaysi bekatdan soat nechchida harakatlanganligi va yakuniy bekatga soat nechchida yetib borishini onlayn kuzatishlari mumkin.
Shuningdek, poyezdagi joylar soni, chipta narxini ham monitoring qilish mumkin.
Poyezd harakati chipta.railway.uz saytida aks ettiriladi.
Maʼlumot uchun, shu yilning 1-choragida “Afrosiyob”poyezdlari orqali tashilgan yoʻlovchilar soni oʻtgan yilga nisbatan 113,3 foizga oshgan. Hozirgi kunda poyezd harakati Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Nukus, Navoiy, Andijon, Qarshi, Jizzax, Termiz va Guliston viloyatlariga amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 4 iyundan Buxoro – Xiva yoʻnalishida ham poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0