Ba’zi tadbirkorlar soliq to‘lashda qator imtiyozlarga ega bo‘lishdi

© Unsplash / Hunters RaceBiznesmen. Illyustrativnoe foto
Biznesmen. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan ozod qilinadi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 26 iyul kuni qabul qilingan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra biznes uchun quyidagi imtiyozlar belgilandi:
- Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022-yil 1-apreldan 2025-yildan 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;
Tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:
mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga;
foyda solig‘ini hisoblashda 2-yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.
Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Ayrim shaxslarga soliq to‘lashda imtiyozlar berildi
Yangiliklar lentasi
0