Yevropada gaz narxi rekord darajada ko‘tarildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZaporniy kran na kompressornoy stansii
Zaporniy kran na kompressornoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni Yevropada gazning birja narxlari har ming kub metr uchun qariyb 2240 dollarni tashqil qildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. London ICE fond birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni Yevropada gazning birja narxlari 20 foizga ko‘tarilib, har ming kub metr uchun qariyb 2240 dollarni tashqil qilgan. Bu 8-mart kunidan beri birinchi marta rekord darajadagi o‘sishdir.
Savdo sessiyasi ochilishida TTF indeksi bo‘yicha avgust fyucherslarining qiymati 1890 dollardan biroz yuqoriroq ko‘rsatkichda edi, bir necha daqiqadan so‘ng taxminan 1875 dollarga pasaydi.
Keyin kotirovkalar o‘zlarining o‘sish sur’atlarini tezlashtirdi, savdoning birinchi soatida gazning ming kub metr uchun narxi 1900 dollar chegarasidan o‘tdi, kunning yarmiga kelib, narx 2000 dollardan oshib ketdi va kechqurun, savdo yopilishdan biroz oldin ming kub metr gaz narxi 2100 dollarga yetdi.
Oxirgi fuchers shartnomalari deyarli 2239,4 dollarga sotildi, bu savdoning yuqori ko‘rsatkichidir (+20,2%).
Avvalroq “Gazprom” 27-iyuldan boshlab Rossiyadan Yevropaga asosiy gaz quvuri orqali yetkazib berishni qisqartirish rejasini e’lon qilgan edi. Endi “Shimoliy oqim” kuniga 33 million kub metrdan ko‘p bo‘lmagan gaz yetkazib beradi. Bu quvur liniyasining nominal quvvatining 20 foizini tashkil qiladi.
Gaz quvurining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi uchun oltita gaz turbinasi ishlashi kerak. Ulardan biri Kanadada rejali texnik xizmat ko‘rsatayotgan edi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli Kanada tomoni agregatni “Gazprom”ga qaytarishni istamadi, biroq gaz yetkazib berishning qisqarishidan aziyat chekayotgan Germaniya rasmiylari turbinani o‘z ish joyiga qaytarishga rozi bo‘ldi. Hozircha ikkita agregat ishlamoqda, ulardan biri ham tez orada ta’mirlashga ketishi kerak.
Yevropa birjasida iyul oyida gazning taxminiy bahosi ming kub metr uchun o‘rtacha 1742 dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bir necha barobar ko‘pdir. Bunday doimiy yuqori narxlar Yevropadagi gaz markazlari faoliyatining butun tarixida so‘nggi marotaba 1996-yilda kuzatilgan edi,
Yangiliklar lentasi
0