Iqtisod

“GTL” naftasining birinchi partiyasi Buxoroga yuborildi

© OʻzbekneftgazBuxoro neftni qayta ishlash zavodi “GTL” naftasining birinchi partiyasini qabul qildi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi “GTL” naftasining birinchi partiyasini qabul qildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida sintetik “GTL” naftasidan avtomobil benzinining mashhur rusumlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi sintetik “GTL” naftasining ilk partiyasini qabul qildi.
Aytilishicha, zavodda “GTL” naftasidan avtomobil benzinining mashhur rusumlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga har oyda 5 ming tonna "GTL" sintetik naftasi qabul qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar, birinchi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga boʻlgan ichki ehtiyojlarini qoplash uchun yetkazib beriladi.
Maʼlumot uchun, “GTL” naftasi neft va kimyo sanoati va uning eng muhim jarayoni hisoblangan bugʻli krekingi uchun qimmatbaho xomashyodir. Neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan neft negizidagi naftaga nisbatan “GTL” naftasining tarkibida parafinik uglevodorodlar miqdori yuqori, aromatik moddalar miqdori esa – pastdir.
Elatib oʻtamiz, avvalroq “Uzbekistan GTL” zavodidan 10 tonnalik sintetik dizel yoqilgʻisining birinchi partiyasi suv arkalari orqali Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga joʻnatilgandi.
Choʻldagi moʻʼjiza: ulkan Uzbekistan GTL zavodi qanday ishlaydi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2022
Video
Choʻldagi moʻʼjiza: ulkan “Uzbekistan GTL” zavodi qanday ishlaydi – video
Yangiliklar lentasi
0