Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi

© Foto: t.me/allamjonov_kiKomil Allamjonov
Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Allamjonov 2020-yil yanvar oyidan buyon Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Allamjonov yangi tashkil etilgan ushbu lavozimda jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosatiga mas’ul bo‘ladi. O‘z navbatida, Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimi ham saqlab qolinadi.
Komil Allamjonov (1984 y. t.) O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2006) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi. U 2017-yil dekabrida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari bo‘lgan, 2018-yil noyabrida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga rahbar bo‘lgan. 2019-yil fevralidan bu tashkilot Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta tashkil etilgan.
Allamjonov 2020-yil yanvar oyidan buyon Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangi lavozimga tayinlangan Komil Allamjonov Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini tark etishi va barcha bizneslarini boshqa egalariga topshirishini ma’lum qildi.

“Bugundan boshlab men barcha biznes loyihalarimni, kompaniyalarimni ham boshqa egalariga topshiraman. Bugundan boshlab men biznesmen emasman. Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman va qolganlarga ham shuni maslahat beraman”, – dedi u o‘zining videomurojaatida.

U mamlakatda so‘z erkinligi va ochiqlik siyosati yanada yuqori darajaga ko‘tarilishiga ishonch bildirgan va barcha bloger va jurnalistlarni yanada faollikka, o‘z ustilarida ishlab xolis axborot tarqatishda davom etishga chaqirib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0