Dunyoda

KXSHT kuchlari Qirgʻistonda maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishVoyennыe ucheniya ODKB "Rubej-2021" v Kirgizii
Voyennыe ucheniya ODKB Rubej-2021 v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2-5 avgust kunlari Qirgʻizistonda KXSHT kuchlarining maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Avgust oyining boshida Qirgʻizistonda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) maxsus kuchlarining "Kobalt-2022" maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Bu haqda seshanba kuni KXSHT saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, KXSHT maxsus kuchlarining "Kobalt-2022" maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari 2-5 avgust kunlari Qirgʻiziston hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan maxsus kuchlar “bandit tuzilmalarni, terrorchilik guruhlarni qidirish, blokirovka qilish va zararsizlantirish, shuningdek, narkotik moddalar kontrabandasi kanallarini toʻsib qoʻyish hamda giyohvandlik vositalarini saqlash va ishlab chiqarish omborlari, laboratoriyalarini aniqlash hamda ularni yoʻq qilish vazifalarini” bajaradi.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining boʻlinmalari aksilterror operatsiyasi davomida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha vazifalarni ishlab chiqadi.
Mashgʻulotlar rejasida maxsus operatsiyani rejalashtirish, oʻzaro taʼsirni tashkil etish va bir xil boʻlmagan kuchlar hamda vositalarni boshqarish boʻyicha qoʻmondonlik va shtablarni tayyorlash koʻzda tutilgan.
Mashqlar yakunida ishtirokchilar jamoalari oʻrtasida turli xil qurollardan oʻq otish boʻyicha musobaqalar rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, 1992 yil 15 may sanasida sobiq sovet respublikalari oʻrtasida Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi va u 1994 yilning 20 aprelidan boshlab kuchga kirdi.
KXSHTning vazifasi qoʻshin va yordamchi boʻlinmalarning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng koʻlamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo.
Yangiliklar lentasi
0