Mirziyoyev: xalqni rozi qilish – barcha rahbarlarning eng ustuvor vazifasi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Prezident xalqni rozi qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot 5,4 foiz o‘sgan. Sanoat, qurilish, savdo va xizmatlar sohalaridagi rivojlanish sur’atlari aholi turmushida namoyon bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, Xalq qabulxonalari, ijtimoiy tarmoqlar va so‘rovlar orqali soha va hududlardagi muammolar, odamlarning adolatli takliflari o‘rganib borilmoqda. Xalqni rozi qiladigan qarorlar qabul qilinmoqda.
Jumladan, tadbirkorlik bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi, muddatlari qisqartirildi. Yil boshidan buyon 50 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Aholi sotib olgan uylarning 28 foizi ipoteka kreditlari hisobiga moliyalashtirildi. 1-sentabrdan boshlab xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham davlat budjetidan 2 million so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yig‘ilishda aholi va biznesni qiynab kelayotgan muammolar, ular bo‘yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Asosli takliflarni qanoatlantirish, odamlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Prezident xalqni rozi qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish barcha rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0