https://oz.sputniknews-uz.com/20220727/olimlar-qon-bosimini-tushiradigan-eng-yaxshi-mahsulotni-aniqlashdi-21694247.html
Olimlar qon bosimini tushiradigan eng yaxshi mahsulotni aniqlashdi
Olimlar qon bosimini tushiradigan eng yaxshi mahsulotni aniqlashdi
Avstraliya va AQSH olimlarining aniqlashicha, yogurt gipertoniyada qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. 27.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-27T06:00+0500
2022-07-27T06:00+0500
2022-07-27T06:00+0500
dunyoda
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1354/39/13543939_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2acfe4a9a94042b495544d8fdbc1365f.jpg
Olimlarning aniqlashicha, har kuni yogurt isteʼmol qilish gipertoniyada qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari International Dairy Journal'da chop etilgan.Janubiy Avstraliya universiteti tadqiqotchilari Meyn universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda yogurt, qon bosimi va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradigan faktorlar oʻrtasidagi munosabat boʻyicha tadqiqotlar olib bordi. 1974 yildan beri AQShning Sirakuza shahrida olib borilayotgan uzoq muddatli Maine-Syracuse Longitudinal Study, tadqiqotida qatnashgan 915 nafar kattalar maʼlumotlari tadqiqotga asos qilib olingan. Tadqiqot yurak-qon tomir kasalliklari, birinchi navbatda, gipertoniyaga bagʻishlangan.Tadqiqotchilar koʻngillilarning ovqatlanishini ularning tibbiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslab, hatto vaqti-vaqti bilan yogurt isteʼmol qilish ham qon bosimi yuqori boʻlgan odamlarning salomatligini yaxshilashga yordam beradi degan xulosaga kelishdi. Shu bilan birga, ushbu fermentlangan sut mahsulotini muntazam ravishda isteʼmol qilganlarning koʻrsatkichlari (120/80 millimetr simob darajasida) uni isteʼmol qilmaydiganlarga qaraganda yetti ball past chiqdi.Yogurt oqsil ishlab chiqarishni tezlashtiradigan bakteriyalarni oʻz ichiga oladi. Bu esa, oʻz navbatida, qon bosimiga yaxshi taʼsir qiladi, deya qoʻshimcha qildi doktor.Bundan tashqari, olimlar ishtirokchilarda umumiy xolesterin, yuqori va past zichlikdagi lipoproteinlar, glyukoza, triglitseridlar va plazmadagi gomotsistein miqdorini kuzatib borishgan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20211231/qaysi-yangi-yil-taomlari-zararli--gastroenterolog-21668206.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1354/39/13543939_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_27f354b0c26b5842a8f2992efabe333f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Olimlar qon bosimini tushiradigan eng yaxshi mahsulotni aniqlashdi
Avstraliya va AQSH olimlarining aniqlashicha, yogurt gipertoniyada qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.
Olimlarning aniqlashicha, har kuni yogurt isteʼmol qilish gipertoniyada qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari International Dairy Journal'da chop etilgan.
Janubiy Avstraliya universiteti tadqiqotchilari Meyn universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda yogurt, qon bosimi va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradigan faktorlar oʻrtasidagi munosabat boʻyicha tadqiqotlar olib bordi. 1974 yildan beri AQShning Sirakuza shahrida olib borilayotgan uzoq muddatli Maine-Syracuse Longitudinal Study, tadqiqotida qatnashgan 915 nafar kattalar maʼlumotlari tadqiqotga asos qilib olingan. Tadqiqot yurak-qon tomir kasalliklari, birinchi navbatda, gipertoniyaga bagʻishlangan.
Tadqiqotchilar koʻngillilarning ovqatlanishini ularning tibbiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslab, hatto vaqti-vaqti bilan yogurt isteʼmol qilish ham qon bosimi yuqori boʻlgan odamlarning salomatligini yaxshilashga yordam beradi degan xulosaga kelishdi. Shu bilan birga, ushbu fermentlangan sut mahsulotini muntazam ravishda isteʼmol qilganlarning koʻrsatkichlari (120/80 millimetr simob darajasida) uni isteʼmol qilmaydiganlarga qaraganda yetti ball past chiqdi.
“Sut mahsulotlari, ayniqsa, yogurt qon bosimini pasaytirishga yordam berishi mumkin. Buning sababi shundaki, sut mahsulotlari qon bosimini tartibga solishda ishtirok etadigan bir qator mikroelementlar, jumladan kaltsiy, magniy va kaliyni oʻz ichiga oladi”, - deydi doktor Aleksandra Veyd.
Yogurt oqsil ishlab chiqarishni tezlashtiradigan bakteriyalarni oʻz ichiga oladi. Bu esa, oʻz navbatida, qon bosimiga yaxshi taʼsir qiladi, deya qoʻshimcha qildi doktor.
Bundan tashqari, olimlar ishtirokchilarda umumiy xolesterin, yuqori va past zichlikdagi lipoproteinlar, glyukoza, triglitseridlar va plazmadagi gomotsistein miqdorini kuzatib borishgan.