https://sputniknews-uz.com/20220727/ommaviy-sport-musobaqalari-goliblarining-mahallalariga-sport-maydonchalari-qurib-berilmoqda-26577747.html
Ommaviy sport musobaqalari gʻoliblarining mahallalariga sport maydonchalari qurib berilmoqda
Ommaviy sport musobaqalari gʻoliblarining mahallalariga sport maydonchalari qurib berilmoqda
Hozirda, gʻolib ishtirokchilarning mahallalariga 3 turdagi sport maydonchalarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda. 27.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-27T17:13+0500
2022-07-27T17:13+0500
2022-07-27T17:13+0500
sport
sportni rivojlantirish vazirligi
sport
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/933/29/9332929_0:37:1200:712_1920x0_80_0_0_9bb4949a59b530b44812665979d26380.jpg
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ommaviy sport musobaqalari gʻoliblarining mahallalariga sport maydonchalarini qurib berish boshlandi.Aytilishicha, respublika boʻylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazildi. Ularga umumiy hisobda 3 mln 100 ming nafardan ziyod yoshlar jalb qilindi.Jami 9 ta sport turini oʻz ichiga qamrab olgan mazkur musobaqaning birinchi bosqichi 27 iyunda oʻz yakuniga yetdi.Mahallalarda tashkil etiladigan sport maydonchalari “Universal”, “Workout” va “Streetball” toifalarida quriladi.Sport maydonchalarini hududlarga taqsimlash, musobaqalarda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar egallagan oʻrinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.Ommaviy sport musobaqalaring ikkinchi fasli sentyabr-noyabr oylarida oʻtkaziladi. Musobaqa yakunida yana 279ta mahallada sport maydonlarini qurish kutilmoqda.Qolaversa, mamlakatdagi barcha 208ta tumanga ham bittadan “Workout” maydonchasi qurib berilish rejalashtirilgan.“Workout” sport maydonchasiUning tarkibidan “Brus krestik”, “Turnik va press”, “Yurish trenajeri”, “Press uchun oʻrindiq” kabi maxsus anjomlar mavjud. Ular mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi va yoshlar uchun doimiy badantarbiya va sogʻlomlashtirish mashqlari bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratadi.“Streetball” sport maydonchasiSport maydonida voleybol va basketbol sporti bilan shugʻullanish uchun ham qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilgan.“Universal” sport maydonchasiBu maydonchada mini-futbol va basketbol sport turlari bilan shugʻullanish imkoniyati mavjud.Eslatib oʻtamiz, prezidentning 201-sonli qarorida har yili 30 iyun – Oʻzbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida 5 bosqichli sport musobaqalari oʻtkazilishi belgilangan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/933/29/9332929_102:0:1099:748_1920x0_80_0_0_9bcb5a0e01172dabd5c052932d3cd9cb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sportni rivojlantirish vazirligi , sport
Ommaviy sport musobaqalari gʻoliblarining mahallalariga sport maydonchalari qurib berilmoqda
Hozirda, gʻolib ishtirokchilarning mahallalariga 3 turdagi sport maydonchalarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ommaviy sport musobaqalari gʻoliblarining mahallalariga sport maydonchalarini qurib berish
boshlandi. Aytilishicha, respublika boʻylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazildi. Ularga umumiy hisobda 3 mln 100 ming nafardan ziyod yoshlar jalb qilindi.
Jami 9 ta sport turini oʻz ichiga qamrab olgan mazkur musobaqaning birinchi bosqichi 27 iyunda oʻz yakuniga yetdi.
Hozirda, gʻolib ishtirokchilarning mahallalariga 3 turdagi sport maydonchalarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
Mahallalarda tashkil etiladigan sport maydonchalari “Universal”, “Workout” va “Streetball” toifalarida quriladi.
Sport maydonchalarini hududlarga taqsimlash, musobaqalarda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar egallagan oʻrinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ommaviy sport musobaqalaring ikkinchi fasli sentyabr-noyabr oylarida oʻtkaziladi. Musobaqa yakunida yana 279ta mahallada sport maydonlarini qurish kutilmoqda.
Qolaversa, mamlakatdagi barcha 208ta tumanga ham bittadan “Workout” maydonchasi qurib berilish rejalashtirilgan.
“Workout” sport maydonchasi
Uning tarkibidan “Brus krestik”, “Turnik va press”, “Yurish trenajeri”, “Press uchun oʻrindiq” kabi maxsus anjomlar mavjud. Ular mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi va yoshlar uchun doimiy badantarbiya va sogʻlomlashtirish mashqlari bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratadi.
“Streetball” sport maydonchasi
Sport maydonida voleybol va basketbol sporti bilan shugʻullanish uchun ham qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilgan.
“Universal” sport maydonchasi
Bu maydonchada mini-futbol va basketbol sport turlari bilan shugʻullanish imkoniyati mavjud.
Eslatib oʻtamiz, prezidentning 201-sonli qarorida har yili 30 iyun – Oʻzbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida 5 bosqichli sport musobaqalari oʻtkazilishi
belgilangan.