O‘zbekiston shimoliga salqin havo massasi kirib kelmoqda

CC0 / pexels.com / Solnechnaya pogoda
Solnechnaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning shimoliy hududlariga salqin havo massasi kirib kelishi davom etadi, kunduzi harorat +32-37 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hududning katta qismida harorat foni +36-41 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +45 darajagacha bo‘lishi saqlanib turadi.
Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat +39-41 darajagacha isiydi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +30-35 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0