Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Parhezshunos kimlar uchun asal zararli ekanligini aytdi

© Pixabay / stevepbMed
Med - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Parhezshunos qandli diabet va ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan odamlarga asalni koʻp isteʼmol qilmaslikni tavsiya qildi
Shifokor-parhezshunos Natalya Kruglovaning aytishicha, ortiqcha vazn va qandli diabetga chalinganlar shakarni koʻp isteʼmol qilmasligi kerak. Chunki asal qoʻshimcha shakar hisoblanadi va kaloriya boʻyicha ham u shakarga yaqin.
“Qandli diabetga chalinganlarning koʻpchiligi asalni shakar oʻrnini bosuvchi mahsulot heb hisoblaydi. Aslida unday emas, uning tarkibida ham xuddi shakar kabi kaloriya va oddiy uglevodlar bor”, - deydi u.
Kruglova bunday odamlarga shakarni aniq miqdorda – kuniga bitta choy qoshiqdan koʻp boʻlmasligi kerakligini aytdi. Asalni tvorog yoki kasha bilan birgalikda isteʼmol qilish mumkin. Chunki ularda ozuqaviy moddalar boʻlib, asal hazm boʻlishini sekinlashtiradi.
Shuningdek, allergiyali odamlar ham shakarni ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilishi kerak. Bundan tashqari, asal bir yoshga toʻlmagan bolalarga tavsiya etilmaydi. Chunki u ichak kasalliklariga sabab boʻlishi mumkin.
“Asal umuman issiqlik bilan qayta ishlanmaydi. Katta yoshli bolalarning immun tizimi toʻliq shakllangan boʻladi. Asalga ham toʻgʻri reaktsiya bildiradi. Bir yoshga toʻlmagan bolalar uchun esa asal berilmaydi”, - deydi Kruglova.
Yangiliklar lentasi
0