Qoraqalpog‘iston IIV vaziri lavozimidan ozod etildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishV zale zasedaniy
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda polkovnik Amanbay Orinbayev Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish yo‘nalishida o‘z faoliyatini olib boradi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Polkovnik Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi.
© Foto: O‘zbekiston IIVAmanbay Orinbayev
Amanbay Orinbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Amanbay Orinbayev
U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Amanbay Orinbayev 2022-yil martida Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlangandi.
Unga qadar Orinbayev IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin esa IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0