Rossiyadan ota-onasiz qolgan 19 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

© Unsplash / note thanunDeti na progulke
Deti na progulke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil bilan bog‘lanib, bolalarni o‘z vataniga qaytarishni tashkil etishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya bolalar ombudsmanlarining birgalikdagi faoliyati Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan va ota-onasiz qolgan 19 nafar o‘zbekistonlik bolani o‘z vataniga qaytarishga yordam berdi.
Bu haqda RIA Novosti Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga tayanib xabar berdi.

“25 iyul kuni ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yordamga muhtoj O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 19 nafar bola O‘zbekistonga yetkazildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova bilan bog‘lanib, bolalarni o‘z vataniga qaytarishni tashkil etishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
O‘zbekistonda maxsus idoralararo guruh tuzilgan va ular Rossiyaning turli shaharlarida bolalarning yashash joylarini aniqlab, qaytarish jarayoni uchun zarur hujjatlarni tayyorlagan. Bolalar dastlab Moskvadagi voyaga yetmaganlar uchun “Altufyevo” ijtimoiy reabilitatsiya markaziga, keyin esa O‘zbekistonga olib ketilgan.
Yangiliklar lentasi
0